{"id":5515,"date":"2023-02-27T05:03:23","date_gmt":"2023-02-27T05:03:23","guid":{"rendered":"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=5515"},"modified":"2023-02-27T05:31:55","modified_gmt":"2023-02-27T05:31:55","slug":"ehtiyot-bo%ca%bbling-talabadan-tortib-tadqiqotchigacha-qarmoqqa-ilintirayotgan-ilm-fan-niqobidagi-biznes-loxotron","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=5515","title":{"rendered":"Ehtiyot bo\u02bbling! Talabadan tortib tadqiqotchigacha qarmoqqa ilintirayotgan ilm-fan niqobidagi biznes \u2013 \u201cloxotron\u201d"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-full is-resized\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" src=\"https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/8888.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-5519\" width=\"681\" height=\"361\" srcset=\"https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/8888.jpg 790w, https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/8888-300x159.jpg 300w, https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/8888-768x408.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 681px) 100vw, 681px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><br>O\u02bbzbekistonda tadqiqotchilarga qo\u02bbyilgan talablar orasida xorijiy tan olingan va OAKdan ro\u02bbyxatdan o\u02bbtgan jurnallarda maqola chop etish majburiyati ham bor. Bu holat shu yo\u02bbnalishda xizmat ko\u02bbrsatishga ixtisoslashgan nodavlat bosma va elektron nashrlar, ilmiy markazlarning ko\u02bbpayishiga olib keldi. Elektron va bosma nashrlar ma\u02bclum haq evaziga maqolalarni chop etishni taklif qilsa, ilmiy markaz maqomidagi NNTlar turli anjumanlar tashkilotchisi sifatida maydonga chiqmoqda. Tekinga emas, albatta. Jurnallar hatto maqolani chop etish bilan cheklanmay, muallifni ko\u02bbkrak nishon va medallar bilan taqdirlash yo\u02bblini ham tutishgan. Bu tadqiqotchi uchun yaxshi rag\u02bbbat bo\u02bblishi mumkin, ammo masalaning ikkinchi jihati bor: ilmiy jurnal maqomini da\u02bcvo qilayotganlar, o\u02bbzini ilmiy markaz, xalqaro ilmiy uyushma kabi jarangdor nomlar bilan atayotganlar faoliyati aslida ham shu mezonlarga to\u02bbg\u02bbri keladimi? Ular xalqaro va yoki hechqursa mahalliy darajada tan olinganmi? Ularda izlanuvchining maqolasi chop etilsa, ta\u02bcsis etgan mukofotlar bilan taqdirlansa yoki anjuman g\u02bbolibiga aylansa, qanday naf bo\u02bbladi muallifga?<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u02bbrganishlar davomida e\u02bctiborimizni tortgan jihat, nodavlat tashkilot maqomidagi bu kabi firma yoki markazlar o\u02bbz e\u02bclonlarida davlat tashkilotlari, oliy o\u02bbquv yurtlarini hamkor sifatida tanishtirmoqda. Go\u02bbyoki davlat mukofotlariga nomzodlar, ustama olishni xohlagan o\u02bbqituvchilar, davlat stipendiyalarga da\u02bcvogar talabalarga maqolalari shu jurnalda chop etilsa, tanlov hay\u02bcati tomonidan tan olinishiga urg\u02bbu berilmoqda. Albatta, ma\u02bclum haq evaziga.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Aslida bu amaliyot dunyo miqyosida ancha keng ommalashgan. Masalan, avvalroq Rossiyaning mana shunday tashkilotlaridan bir qanchasi O\u02bbzbekistondagi maktab o\u02bbquvchilariga har xil yo\u02bbnalishda faxriy yorliqlar jo\u02bbnatishi urf bo\u02bblgandi. O\u02bbquvchining bilimdonligini \u201ctasdiqlaydigan\u201d bu jimjimador \u201cpdf hujjat\u201d internet orqali yo\u02bbllangan va buning uchun qandaydir xarajatlar uchun \u201carzimas\u201d haq so\u02bbraladi. Farzandining \u201caqlli ekanini isbotlovchi hujjat\u201dni olib, el oldida ko\u02bbz-ko\u02bbzlash istagida yonayotgan ota-onalar bu kichik xarajatchaga ko\u02bbz yumib to\u02bblab yuboraverishadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bolalar-ku, mayli, bola deysiz, hatto kattalar o\u02bbrtasida ham xorijiy davlatlarning nomi chiqmagan yoki umuman amalda bo\u02bblmagan \u201ctashkilotlari\u201dning \u201cfaxriy professori\u201d, \u201cakademik\u201d kabi unvonlarini sotib olib, omma orasida kerilib yurishlariga o\u02bbqtin-o\u02bbqtin guvoh bo\u02bblamiz\u2026<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu amaliyot endi mahalliylashgandek, nazarimizda. Misol uchun, Namangan viloyatida tashkil etilayotgan \u201cTaraqqiyot bunyodkori\u201d nomli ko\u02bbrik-tanlov ham ana shundaylardan biri. Tanlov haqidagi e\u02bclonga ko\u02bbz yugurtirsangiz, bir qator davlat tashkilotlari, jumladan, Namangan viloyatidagi oliy ta\u02bclim muassasalari, siyosiy partiyalar viloyat kengashi, Yoshlar ittifoqi hamda Iqtidorli talabalar ilmiy-amaliy markazi hamkor sifatida qayd etilgan. Lekin Yoshlar ittifoqi Namangan viloyat bo\u02bblimi rahbari Azizbek Toshmatovdan bu haqda so\u02bbraganimizda, mutlaqo bexabarligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qolaversa, shishirib yozilgan tanlov e\u02bclonida na maqola chiqadigan jurnal nomi, na uning ta\u02bcsischisi haqida to\u02bbliq ma\u02bclumot mavjud. Murojaat uchun qoldirilgan manzil ma\u02bcmuri bilan bog\u02bblanganimizda yuborilgan maqolalar kengash a\u02bczolari tomonidan ko\u02bbrib chiqilib, OAK ro\u02bbyxatidan o\u02bbtgan jurnalda chop etiladi, degan mazmundagi javob oldik. Boshqa ma\u02bclumotlar esa taqdimot kuni ochiqlanarkan. Ayni shu tadbirda mualliflarga tashakkurnoma, esdalik ko\u02bbkrak nishoni va guvohnoma ham taqdim etilishi aytildi. Lekin kengash a\u02bczolari kim, jurnal nomi nima, mukofotlarni kim topshiradi, eng muhimi, bu tanlov g\u02bbolibligi qanday, kimlar tomonidan aniqlanadi, necha nafar g\u02bbolib bo\u02bbladi, ular qanday imtiyozga erishadi, kabi savollarga javob bo\u02bblmadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><br>\u201cO\u02bbzbekistonda ta\u2019lim\u201d respublika pedagoglar jurnali ham ilmiy, publitsistik maqolalar, metodik tavsiyalar va badiiy ijod namunalari chop etishga ixtisoslashgan. Bu oynomada ma\u02bclum haq evaziga chop etilgan ijodiy ishlar uchun mualliflarga sertifikat va diplom taqdim etiladi. Eng yaxshi mualliflar yo\u02bbnalishiga ko\u02bbra, \u201cTa\u2019lim fidokori\u201d, \u201cIste\u2019dod\u201d ko\u02bbkrak nishoni yoki \u201cEhtirom\u201d medaliga tavsiya etiladi. Bundan mualliflarga qanday naf bo\u02bbladi, biror imtiyoz mavjudmi, singari savollarimiz jurnal xodimlari tomonidan javobsiz qoldirildi. Ajablanarlisi, nomlanishida xalqaro darajada deya ta\u02bcriflangan, olimlar, doktorantlar, talabalarning maqolalarini qabul qilib, ko\u02bbplab to\u02bbplamlar chop etilgan jurnalda tahrir hay\u02bcati yo\u02bbq. Buni qanday tushunish mumkin? Demak, pulini bersa, xohlagan maqolani e\u02bclon qilish va ko\u02bbkrak nishoni olish mumkin, deganimi bu?<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Nomzodlardan ilmiy maqola, rasm, anketa yuborishlari so\u02bbralgan \u201cIlmiy salohiyatni yuksaltirishdagi xizmatlari uchun\u201d tanlovida esa hujjatlarni tashkiliy qo\u02bbmita ko\u02bbrib chiqadi, deyilgan. Ammo qo\u02bbmitasi haqida biror joyda ma\u02bclumot topolmaysiz. Va bu \u201cilm musobaqasi\u201dda ham o\u02bbsha eski ashula \u2013 ma\u02bcqul deb topilgan nomzodlar esdalik nishon, maxsus guvohnoma, qimmatbaho sovg\u02bba, maqolalar to\u02bbplami bilan taqdirlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu kabi yana bir nechta tanlovlarni ko\u02bbzdan kechirib chiqqanimizda holatlar, shartlar, mukofotlar bir xil ekaniga guvoh bo\u02bbldik. Misol uchun, \u201cTa\u02bblim sohasidagi xizmatlari uchun\u201d tanlovi xalqaro ilmiy-amaliy MDH ko\u02bbrik-tanlovi sifatida ta\u02bcriflangan bo\u02bblib, ishtirokchi o\u02bbz ishini ingliz, rus, o\u02bbzbek, qozoq, qirg\u02bbiz, ukrain, turk tillarida yuborishi mumkin. Bunda ham g\u02bboliblarga o\u02bbsha-o\u02bbsha quruq nishon-u diplomlar topshiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u201cResearch and publications\u201d ma\u02bcsuliyati cheklangan jamiyati \u201cTa\u02bclim tizimida innovatsion yondashuvlar: muammo va yechimlar\u201d mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etgan. E\u02bctirozli jihati, nomzodlardan yig\u02bbilgan ma\u02bclum haq evaziga o\u02bbtkazilgan bu anjumanda Sirdaryo viloyati maktablari o\u02bbqituvchilari ham ishtirok etgan va taqdirlash marosimiga borib-kelish xarajatlari davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi ko\u02bbrsatilgan. Tabiiyki, bu kabi rasmiy \u201ctan olinishlar\u201d ortidan ilmiy markazga o\u02bbqituvchilarning ishonchi ortishi, tanlov-u tadbirlarida qatnashish xohishi kuchayishi aniq. Ishtirok etish o\u02bbz yo\u02bbliga, lekin nomzodga nima beradi bu?<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu kabi mulohazalar ortidan tug\u02bbilgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat etdik. Oliy ta\u02bclim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Azimning ma\u02bclum qilishicha, bu kabi tanlovlar orqali ko\u02bbkrak nishon va medallar, jumladan, \u201cIlm-fan iftixori\u201d ko\u02bbkrak nishonini ta\u02bcsis etish bo\u02bbyicha hech qanday normativ-huquqiy hujjat qabul qilinmagan. Matbuot kotibiga ko\u02bbra, \u201cIlm-fan iftixori\u201d va boshqa ko\u02bbkrak nishon hamda medallarni ta\u02bcsis etish yuzasidan Oliy ta\u02bclim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligiga hech qanday taklif kelib tushmagan. Mazkur munosabatdan ham anglash mumkinki, vazirlik amalda bu kabi nodavlat markazlar bilan hamkor emas. Eng muhimi, soxta jurnallarda maqolasi chop etilgan talaba va o\u02bbqituvchilar hech qanday imtiyozga ega bo\u02bblmaydi. Ko\u02bbkrak nishon va medallar ham rasmiy tan olinmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi axborot xizmati rahbari Gulnoza Sharafovaning ta\u02bckidlashicha, tizimda ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimlar, yosh tadqiqotchilar tomonidan yozib, e\u02bclon qilinadigan ilmiy maqolalar saviyasiga juda katta e\u02bctibor qaratiladi. \u201cReklama va PRga asoslangan har xil gazeta va jurnallar hamda ularda e\u02bclon qilinadigan materiallar olimlarimiz tomonidan tan olinmaydi. Ilmda asos va izlanish samarasi bo\u02bblishi lozim. Bir so\u02bbz bilan aytganda, Fanlar akademiyasining turli nodavlat ilmiy markazlar va jurnallarga ehtiyoji yo\u02bbq. Ular bilan hamkorlik ham o\u02bbrnatmagan\u201d, dedi u.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bunday tanlovlarda g\u02bboliblik va jurnallarda maqolasi chop etilishi o\u02bbqituvchiga ustama uchun imtiyoz beradimi, degan savolimizga esa Maktabgacha va maktab ta\u02bclimi vaziri Hilola Umarova quyidagicha javob berdi:<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><br>\u2013 Ilgari o\u02bbqituvchi ustama olish uchun, albatta, biror jurnal yoki gazetada maqolasi chiqqan bo\u02bblishi kerak edi. Chunki Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori bo\u02bbyicha pedagogdan baholanayotgan o\u02bbquv yilida ommaviy axborot vositalari, ta\u02bclimga oid veb-saytlardagi chiqishlari, ilmiy-metodik jurnallar va turli anjumanlarda maqola, tezis, konsepsiya hamda istiqbolli rejalari bilan qatnashish orqali ta\u02bclim-tarbiya jarayonini yanada yaxshilashga oid ishlari bo\u02bblishi talab etilardi. Endilikda qarorga o\u02bbzgartirish kiritilgan va bu talab bekor bo\u02bblgan. O\u02bbqituvchilarga xizmat safari xarajatlarini qoplab berish esa belgilangan tartiblarga ko\u02bbra amalga oshiriladi. Nodavlat tashkilotlarning turli tadbirlarida qatnashish xarajatlarini davlat mablag\u02bblari hisobidan qoplash holati qonunga zid hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ko\u02bbrinib turibdiki, biz yuqorida sanagan va shunga egizak juda ko\u02bbp tanlovchalar, norasmiy jurnallarning aksar maqsadi bitta \u2013 tashkilotchilarning moddiy manfaatdorligi. Zamona tilida aytsak, bu ilm-fan niqobidagi biznes \u2013 \u201cloxotron\u201d, xolos. Ularning qarmog\u02bbiga ilinayotganlar orasida nomdor stipendiyalar sohiblari, ilmiy tadqiqot ishi olib borayotgan bilimli talabalar ham borligi achinarli. Ilm yo\u02bblida aldov bo\u02bblmaydi, deyishadi. Chunki bunday soxtagarlik sizni va ilmingizni botqoqqa botirishi turgan gap. Yaxshisi, sinalmagan otning sirtidan o\u02bbtmang. Tepkisi og\u02bbir kelmasin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xayrullo ABDURAHMONOV.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Oyna.uz<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekistonda tadqiqotchilarga qo\u02bbyilgan talablar orasida xorijiy tan olingan va OAKdan ro\u02bbyxatdan o\u02bbtgan jurnallarda maqola chop etish majburiyati ham bor. Bu holat shu yo\u02bbnalishda xizmat ko\u02bbrsatishga ixtisoslashgan nodavlat bosma va elektron nashrlar, ilmiy markazlarning ko\u02bbpayishiga olib keldi. Elektron va bosma nashrlar ma\u02bclum haq evaziga maqolalarni chop etishni taklif qilsa, ilmiy markaz maqomidagi NNTlar turli anjumanlar tashkilotchisi&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":5519,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[4],"tags":[24,8,7,12],"class_list":["post-5515","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ozbekiston","tag-business","tag-8","tag-7","tag-12"],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v24.4 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Ehtiyot bo\u02bbling! Talabadan tortib tadqiqotchigacha qarmoqqa ilintirayotgan ilm-fan niqobidagi biznes \u2013 \u201cloxotron\u201d - Jurnalist24.uz<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=5515\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Ehtiyot bo\u02bbling! Talabadan tortib tadqiqotchigacha qarmoqqa ilintirayotgan ilm-fan niqobidagi biznes \u2013 \u201cloxotron\u201d - Jurnalist24.uz\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"O\u02bbzbekistonda tadqiqotchilarga qo\u02bbyilgan talablar orasida xorijiy tan olingan va OAKdan ro\u02bbyxatdan o\u02bbtgan jurnallarda maqola chop etish majburiyati ham bor. Bu holat shu yo\u02bbnalishda xizmat ko\u02bbrsatishga ixtisoslashgan nodavlat bosma va elektron nashrlar, ilmiy markazlarning ko\u02bbpayishiga olib keldi. Elektron va bosma nashrlar ma\u02bclum haq evaziga maqolalarni chop etishni taklif qilsa, ilmiy markaz maqomidagi NNTlar turli anjumanlar tashkilotchisi...\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=5515\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Jurnalist24.uz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2023-02-27T05:03:23+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2023-02-27T05:31:55+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/8888.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"790\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"420\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Eldorbek\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Eldorbek\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=5515\",\"url\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=5515\",\"name\":\"Ehtiyot bo\u02bbling! Talabadan tortib tadqiqotchigacha qarmoqqa ilintirayotgan ilm-fan niqobidagi biznes \u2013 \u201cloxotron\u201d - Jurnalist24.uz\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=5515#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=5515#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/8888.jpg\",\"datePublished\":\"2023-02-27T05:03:23+00:00\",\"dateModified\":\"2023-02-27T05:31:55+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/#\/schema\/person\/6434fdef86e3b178142c142d8e17a843\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=5515#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=5515\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=5515#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/8888.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/8888.jpg\",\"width\":790,\"height\":420},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=5515#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"\u0413\u043b\u0430\u0432\u043d\u0430\u044f \u0441\u0442\u0440\u0430\u043d\u0438\u0446\u0430\",\"item\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Ehtiyot bo\u02bbling! Talabadan tortib tadqiqotchigacha qarmoqqa ilintirayotgan ilm-fan niqobidagi biznes \u2013 \u201cloxotron\u201d\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/\",\"name\":\"Jurnalist24.uz\",\"description\":\"Tezkor va ishonchli\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":{\"@type\":\"PropertyValueSpecification\",\"valueRequired\":true,\"valueName\":\"search_term_string\"}}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/#\/schema\/person\/6434fdef86e3b178142c142d8e17a843\",\"name\":\"Eldorbek\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/110b9892d121fb0f67a52199379d175c837475004871342afa5f1d260cc59604?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/110b9892d121fb0f67a52199379d175c837475004871342afa5f1d260cc59604?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Eldorbek\"},\"sameAs\":[\"https:\/\/jurnalist24.uz\"],\"url\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Ehtiyot bo\u02bbling! Talabadan tortib tadqiqotchigacha qarmoqqa ilintirayotgan ilm-fan niqobidagi biznes \u2013 \u201cloxotron\u201d - Jurnalist24.uz","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=5515","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"Ehtiyot bo\u02bbling! Talabadan tortib tadqiqotchigacha qarmoqqa ilintirayotgan ilm-fan niqobidagi biznes \u2013 \u201cloxotron\u201d - Jurnalist24.uz","og_description":"O\u02bbzbekistonda tadqiqotchilarga qo\u02bbyilgan talablar orasida xorijiy tan olingan va OAKdan ro\u02bbyxatdan o\u02bbtgan jurnallarda maqola chop etish majburiyati ham bor. Bu holat shu yo\u02bbnalishda xizmat ko\u02bbrsatishga ixtisoslashgan nodavlat bosma va elektron nashrlar, ilmiy markazlarning ko\u02bbpayishiga olib keldi. Elektron va bosma nashrlar ma\u02bclum haq evaziga maqolalarni chop etishni taklif qilsa, ilmiy markaz maqomidagi NNTlar turli anjumanlar tashkilotchisi...","og_url":"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=5515","og_site_name":"Jurnalist24.uz","article_published_time":"2023-02-27T05:03:23+00:00","article_modified_time":"2023-02-27T05:31:55+00:00","og_image":[{"width":790,"height":420,"url":"https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/8888.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Eldorbek","twitter_card":"summary_large_image","twitter_misc":{"Written by":"Eldorbek","Est. reading time":"5 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=5515","url":"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=5515","name":"Ehtiyot bo\u02bbling! Talabadan tortib tadqiqotchigacha qarmoqqa ilintirayotgan ilm-fan niqobidagi biznes \u2013 \u201cloxotron\u201d - Jurnalist24.uz","isPartOf":{"@id":"https:\/\/jurnalist24.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=5515#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=5515#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/8888.jpg","datePublished":"2023-02-27T05:03:23+00:00","dateModified":"2023-02-27T05:31:55+00:00","author":{"@id":"https:\/\/jurnalist24.uz\/#\/schema\/person\/6434fdef86e3b178142c142d8e17a843"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=5515#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=5515"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=5515#primaryimage","url":"https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/8888.jpg","contentUrl":"https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/8888.jpg","width":790,"height":420},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=5515#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"\u0413\u043b\u0430\u0432\u043d\u0430\u044f \u0441\u0442\u0440\u0430\u043d\u0438\u0446\u0430","item":"https:\/\/jurnalist24.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Ehtiyot bo\u02bbling! Talabadan tortib tadqiqotchigacha qarmoqqa ilintirayotgan ilm-fan niqobidagi biznes \u2013 \u201cloxotron\u201d"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/jurnalist24.uz\/#website","url":"https:\/\/jurnalist24.uz\/","name":"Jurnalist24.uz","description":"Tezkor va ishonchli","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/jurnalist24.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":{"@type":"PropertyValueSpecification","valueRequired":true,"valueName":"search_term_string"}}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/jurnalist24.uz\/#\/schema\/person\/6434fdef86e3b178142c142d8e17a843","name":"Eldorbek","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/jurnalist24.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/110b9892d121fb0f67a52199379d175c837475004871342afa5f1d260cc59604?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/110b9892d121fb0f67a52199379d175c837475004871342afa5f1d260cc59604?s=96&d=mm&r=g","caption":"Eldorbek"},"sameAs":["https:\/\/jurnalist24.uz"],"url":"https:\/\/jurnalist24.uz\/?author=1"}]}},"featured_image_urls":{"full":["https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/8888.jpg",790,420,false],"thumbnail":["https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/8888-150x150.jpg",150,150,true],"medium":["https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/8888-300x159.jpg",300,159,true],"medium_large":["https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/8888-768x408.jpg",640,340,true],"large":["https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/8888.jpg",640,340,false],"1536x1536":["https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/8888.jpg",790,420,false],"2048x2048":["https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/8888.jpg",790,420,false],"one-newspaper-featured":["https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/8888.jpg",790,420,false],"one-newspaper-list":["https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/8888.jpg",600,319,false],"one-newspaper-thumb":["https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/8888.jpg",300,159,false],"one-newspaper-small":["https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/8888.jpg",150,80,false],"one-newspaper-grid":["https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/8888.jpg",400,213,false]},"author_info":{"info":["Eldorbek"]},"category_info":"<a href=\"https:\/\/jurnalist24.uz\/?cat=4\" rel=\"category\">\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d<\/a>","tag_info":"\u040e\u0437\u0431\u0435\u043a\u0438\u0441\u0442\u043e\u043d","comment_count":0,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/jurnalist24.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/5515","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/jurnalist24.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/jurnalist24.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jurnalist24.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jurnalist24.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=5515"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/jurnalist24.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/5515\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5527,"href":"https:\/\/jurnalist24.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/5515\/revisions\/5527"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jurnalist24.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/5519"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/jurnalist24.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=5515"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/jurnalist24.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=5515"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/jurnalist24.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=5515"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}