{"id":8168,"date":"2026-01-12T05:02:52","date_gmt":"2026-01-12T05:02:52","guid":{"rendered":"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=8168"},"modified":"2026-01-12T05:02:52","modified_gmt":"2026-01-12T05:02:52","slug":"hamza-hakimzoda-niyoziy-tarixiy-haqiqat-va-asossiz-mish-mishlar-tahlili","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=8168","title":{"rendered":"Hamza Hakimzoda Niyoziy: Tarixiy haqiqat va asossiz mish-mishlar tahlili"},"content":{"rendered":"<p>XX asr boshlarida Hamza Hakimzoda Niyoziy o\u2019zining ilg\u2019or va sof teran fikrlari orqali jadidchilik harakatchilarining ichidan ajralib turgan. Biroq hozirgi kunlarda ushbu jadidning qilgan ishlari to\u2019g\u2019risida hech qayerda baralla aytilmaydi yoki aytilsa ham salbiy fikrlar bilan bolalaydi. Gapning isboti bilan degandek, Chilonzor yo\u2019nalishidagi hozirgi \u201cNovza\u201d bekati dastlab, \u201cHamza\u201d deb nomlangani (1977-2015), hozirgi O\u2019zbek akademik drama teatri esa mustaqillikka erishganimizdan so\u2019ng, 2001-yilda \u201cHamza\u201d nomidan hozirgi nom bilan atala boshlangani, 2012-yilda Hamza shahri nomi Tinchlik nomiga o\u02bbzgartirilgani, 2014-yil 29-avgustda Toshkent shahrining Hamza tumani \u201eYashnobod tumani\u201c deb o\u02bbzgartirilgani bularga dalil sifatida keltirsak bo\u2019ladi. Xo\u2019sh, nega buyuk ma\u2019rifatchi haqida bunday yolg\u2019on ma\u2019lumotlar aholi orasida ko\u2019paygan? Nega Hamza nomi aytilganda uni jadidlar orasiga qo\u2019shishdan or qila boshladik!? Uning nomi nega asta-sekinlik bilan olib tashlana boshlandi!? Mazkur maqola ayni mana shu mish-mishlarga keng ko\u2019lamda oydinlik kiritadi.<\/p>\n<p>Hamza Hakimzoda \u2013 o\u2018zbek shoiri, dramaturg, jamoat arbobi, O\u2018zbek SSR xalq shoiri (1926). U mumtoz she\u2019riyat vaznini (Aruz) xalq she\u2019riyati (Barmoq) vazni hisobiga to\u2018ldirgan. Hamza O\u2018zbekiston madaniyati tarixi rivojigda nafaqat shoir va dramaturg, balki teatr arbobi, bastakor va musiqachi sifatida ham sezilarli iz qoldirgan. 1889-yil 6-mart (ayrim manbalarga ko\u2019ra, 22-fevral kuni) kuni tabib oilasida tug\u2018ilgan. Maktabda savod olgach, madrasada saboq oladi. Kambag\u2018allar uchun bepul maktab tashkil etadi va unda dars beradi. She\u2019r yozishni 1899-yildan, o\u2018zbek ma\u2019naviyatshunoslari Muqimiy va Furqatlar ijodidan ilhomlanib yoza boshlaydi. Hamzaning inqilob yillaridan oldingi asosiy asari o\u2018zbek va tojik tillarida yozilgan she\u2019riy \u201cDevon\u201d (1905 &#8211; 1914) asari vafot etganidan so\u2018ng nashr etilgan. 1913-1914 yillarda Hamza chet ellarda, jumladan, Afg\u2018oniston, Suriya, Turkiya mamlakatlarida, Makkada sayohatda bo\u2018ladi. Mamlakatda ro\u2018y berayotgan o\u2018zgarishlar bilan tanishadi. Shoir xalqni o\u2018qitish, savodxon qilish uchun tinimsiz intilish, maktablar uchun darsliklar yozishni o\u2018ziga maqsad qilib oladi.<\/p>\n<p>\u201cDevon\u201dning ayrim g\u2018azallarida an\u2019anaviy ayriliq sevgi timsoli bilan bir qatorda, ijtimoiy tengsizlik farqi mavjud. Hamzaning birinchi nashrdan chiqqan \u201cRamazon\u201d (1914), \u201cYangi baxt\u201d dostoni (1915), \u201cZaharlangan hayot\u201d (1916) deb nomlangan asarlari ham ushbu mavzularga uyg\u2018unlashgan. Hamzaning 1917-yilga qadar bo\u2018lgan faoliyati va ijodi o\u2018z davri madaniy-ma\u2019naviy hayoti, ma\u2019rifatchilik va jadidchilik ta\u2019sirida shakllanib, uning faol ishtirokchisi bo\u2018lganligini ko\u2018rsatadi. U jadidlarga ergashadi va jadidchilikning ilg\u2018or vakillaridan biriga aylanadi. Jadidlar otasi Ismoil G\u2018aspirali vafot etganda Hamza marsiya yozib, \u201cDod qil davri falaqdin, botdi xurshidi jahon\u201d, deb yozdi. Munavvar qorini \u201cmuhtaram ustozi oliy\u201d, \u201cma\u2019naviy ota\u201d, deb ataydi. Hamza bu davrda yangi maktablar uchun \u201cYengil adabiyot\u201d, \u201cO\u2018qish kitobi\u201d, \u201cQiroat kitobi\u201d kabi darsliklar yaratdi. 1915-yilda qo\u2018qonlik ma\u2019rifatchilar bilan hamkorlikda usuli jadid maktablari uchun darsliklar nashr qilish, o\u2018quvchilarni Toshkent va boshqa shaharlarda bosmadan chiqqan darsliklar bilan ta\u2019minlash maqsadida \u201cG\u2018ayrat\u201d kitobxonasi tashkil etadi. Bu kitobxonada Saidrasul Saidazizovning \u201cUstodi avval\u201d, Munavvarqorining \u201cAdibi avval\u201d, \u201cAdibi soniy\u201d, Mahmudxo\u2018ja Behbudiy, Abdulla Avloniylarning darsliklari ham ko\u2018p nusxalarda bo\u2018lgan.<\/p>\n<p>1916 \u2013 1919-yillarda Hamza yettita she\u2019riy to\u2018plamini nashr etadi, ularda shoirning inqilobiy-demokratik ma\u2019naviyatshunoslik yo\u2018lidan inqilob jangchisi tomon o\u2018tgani seziladi. \u201cXushbo\u2018y atirgul\u201d to\u2018plamidan joy olgan she\u2019rlari o\u2018zbek tilidagi proletar she\u2019riyatning ilk namunalariga aylandi. Shoir ijodida muhim o\u2018rinni ajoyib she\u2019riy guldastalari \u2013 \u201cMilliy ashulalar uchun milliy she\u2019rlar majmuasi\u201d egallaydi. Bu umumiy nom ostidagi 7 she\u2019riy to\u2018plamga 1915-1917-yillarda yaratgan she\u2019rlari kiritilgan. Bu she\u2019riy to\u2018plamlar: \u201cAtir gul\u201d, \u201cOq gul\u201d, \u201cQizil gul\u201d, \u201cPushti gul\u201d, \u201cSariq gul\u201d, \u201cYashil gul\u201d, \u201cSafsar gul\u201d. Ularda xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini uyg\u2018otish, ilm-ma\u2019rifatga da\u2019vat etish g\u2018oyasi yetakchi edi.<\/p>\n<p>Oktyabr inqilobidan so\u2018ng, 1917-yil Hamza Qo\u2018qon va Farg\u2018onada ishtirok etib, Turkiston frontida Qizil Armiyaga xizmat ko\u2018rsatuvchi sayyor teatr tashkillashtiradi, Turkfront Siyosat bo\u2018limida ishchi bo\u2018lib xizmat ko\u2018rsatadi, keyinroq tuman siyosat ma\u2019naviyat bo\u2018limida ishlaydi. 1918-yil u o\u2018zbek sovet dramaturgiyasidagi ilk asar bo\u2018lgan \u201cBoy ila xizmatchi\u201d sahna asarini yaratadi.<\/p>\n<p>Hamzaning \u201cMaysaraning ishi\u201d (1926), \u201cParanji sirlari\u201d (1927) kabi asarlari ham juda mashhur bo\u2018lib, ularda o\u2018zbek ayolining inqilob yillaridan avvalgi achchiq hayoti haqida gapiriladi. Uning qalamiga bir necha o\u2018nlab qo\u2018shiqlar mansub. 1928-yildan unga nisbatan ta\u02bcqib va tazyiq ko\u02bbrsatila boshlaydi. Shu yili Shohimardonga yuboriladi. U yerda maktab, maorif ishlari, xotin-qizlar ozodligi masalalari bilan shug\u02bbullanadi. Moddiy va ma\u02bcnaviy qiyinchilikni boshdan kechiradi. 1929-yil \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a018-martda Niyoziy Shohimardonda Hazrat Ali maqbarasi poyida o\u02bbldirilgan. Hamza o\u02bblimi haqida tarixchilar turlicha fikr bildirgan. Ayrimlar u millatchilar va islom fundamentalistlari tomonidan toshbo\u02bbron qilib o\u02bbldirilganligini ta\u02bckidlashsa, yozuvchi Nabijon Boqiy Hamzaning o\u02bblimi haqida shunday deydi: \u201d\u2026Qotillik bo\u02bblgan, lekin qotillikni uyushtirganlar boshqa, jazolanganlar boshqa. Dindorlar jazolanadi. Dindorlarning aloqasi yo\u02bbq. Aroq ichib, nasha chekib yurgan odam dindor bo\u02bbladimi? Ular dindan chiqib ketgan odamlar. Hamzaning o\u02bblimiga dindorlarning aloqasi yo\u02bbq. Lekin o\u02bbshanda Hamza bahonasida dindorlar mahv etilgan. Majaqlab, yanchib tashlangan\u2026\u201d Hamzaning bir guruh mutaassiblar tomonidan o\u2018ldirilishi sho\u2018ro mafkurasida uning ijodini sinfiylik-partiyaviylik tamoyillariga asoslanib baholash uchun mezon bo\u2018ldi. Uni ma\u2019naviy zamindan yulib olib, o\u2018zi mansub bo\u2018lgan jadidchilik harakatiga, uning namoyandalariga qarshi qo\u2018ydilar, o\u2018zbek sho\u2018ro adabiyoti va san\u2019atining yagona asoschisi sifatida talqin va taqdim etdilar. Bu g\u2018ayriilmiylikning eng yuqori namunasi sifatida Hamzaga bag\u2018ishlangan 17 seriyali \u201cOlovli yo\u2018llar\u201d filmini ko\u2018rsatish mumkin. Uydirmalar asosiga qurilgan bunday asarlar Hamzaga nisbatan hurmat-ehtiromni oshirish o\u2018rniga unga bo\u2018lgan ishonch va e\u2019tiqodga putur yetkazdi. \u201cOlovli yo\u2019llar\u201d kinoromanining rejissori marhum Shuhrat Abbosov o\u2019zining 2011-yil, yanvar oyidagi\u00a0 \u201cKUN.uz\u201d ga bergan intervyusida shunday fikrlar aytgan:<\/p>\n<p>\u201c- Ikki davrda yaratilgan ikki filmingiz \u2013 \u201cOlovli yo\u2018llar\u201d va \u201cOtamdan qolgan dalalar\u201dning mavzusi, mafkurasi o\u2018rtasida yer bilan osmoncha farq bor. Birida sho\u2018ro mafkurasi ulug\u2018lanib, xalqning istibdodga qarshi kurashgan farzandlari &#8211; bosmachi, jadid, deya tahqirlansa, ikkinchisida xuddi o\u2018shalar &#8211; milliy ozodlik harakati vakillari, xaloskorlar, deya ko\u2018kka ko\u2018tarilib, aksincha, oldingi filmdagi \u201cqahramonlar\u201d bunisida ayovsiz fosh etiladi. Kechirasiz-u, bunda prinsip masalasi qayda qoldi?<\/p>\n<p>-(O\u2018ylanib) Endi-i, gap bunday, o\u2018g\u2018lim. Men ham o\u2018z vaqtida ko\u2018p qatori o\u2018sha sovetning ideologiyasiga ishonganman, asl haqiqat shunday bo\u2018lsa kerak, deya o\u2018ylaganman&#8230; Tarix o\u2018zgardi, undagi voqealar ham, eng muhimi \u2013 talqin o\u2018zgardi. Menam odamman, meniyam ongimni teskari tomonga qarab burganlar. Keyin Mustaqillik sabab meniyam ko\u2018zim ochildi-da. Bugun o\u2018sha o\u2018zim tasvirlagan inqilobni eslasam, ich-ichimdan ijirg\u2018anib ketaman. Bilasizmi, hech qanday inqilob \u2013 berilgan qurbonlarni o\u2018ylasak, arzimas narsa ekan&#8230;\u201d<\/p>\n<p>Intervyuga e\u2019tibor bersak, film o\u2019sha davr asnosida yaratilgan, ammo begunoh bir jadidning nomi toptalgani qoldi xolos. Nega aynan film haqida gapirilyotganing sababi shundaki, film juda katta manipulyatsiyaga va ochiq qora propagandaga aylangani va o\u2019z navbatida bu aholi ongini bir muncha zaharlanishiga zamin yaratgan desak mubolag\u2019a bo\u2019lmaydi, nazarimda.<\/p>\n<p>Mashhur yozuvchi, olim, professor Nabijon Boqiy \u201cIshonch.uz\u201d saytiga bergan intervyusida shunday eslaydi: \u201cMustaqillik bayrami arafasida taxminan 26-28-avgust kunlari 8 betli \u201cXalq so\u2019zi\u201d gazetasining birinchi sahifasida Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida asossiz tuxmat va bo\u2019htonlar yozilgan edi. O\u2019sha davrda Prezident Islom Karimovga ham yuqoridagi tashkilot rahbarlari Hamza haqida yolg\u2019on ma\u2019lumotlar berishgan va Prezidentning o\u2019zi ham \u201cXalq so\u2019zi\u201d gazetasini o\u2019qigan bo\u2019lsa kerak, sababi o\u2019sha kunlari Mustaqillik bayramiga yaqin bir qator rahbarlar taqdirlangani va Prezident ham buni qiziqib o\u2019qigani sababdir\u201d. Suhbat davomida aytiladiki, Nabijon Boqiy ushbu maqolaga iddao sifatida o\u2019zi ham maqola yozadi va uni uyushmaga olib borib, e\u2019lon berishga olib boradi. Buni qarangki, bu maqola bu yerda chop etilmasdan, boshqa nashrlarda chop etiladi va shov-shuv bo\u2019ladi. Maqolada shu darajada jirkanch gaplar ketganki, hatto \u201cHamza\u201d degan odamni aytishga jirkanadi deb yozilgani yaqqol isbotidur.<\/p>\n<p>Aynan shu saytga pedagogika fanlar doktori, professor Qozoqboy Yo\u2019ldoshev bergan intervyusiga yuzlanadigan bo\u2019lsak, 1989-2016-yillardagi rahbariyat kayfiyat xohishi bilan ish ko\u2019rishini aytadi. Bizning kattalarimizga qaysidur \u201cbilimli\u201d olim, tarixchi yolg\u2019on ma\u2019lumotlar berganini, Hamza sovetchilarga ishlaganini keltiradi. Gapining davomida yana aytadiki, afsuski maktablarimizda, oliy o\u2019quv yurtlarda, ilmiy-tadqiqot ishlarida ham Hamza juda kam o\u2019rganilayotaganini va bu bilan o\u2019zbek xalqi o\u2019zini o\u2019zi jazolayotganini aytadi.<\/p>\n<p>Tahlil davomida yana bir intervyuga yuzlanadigan bo\u2019lsak, fiologiya fanlar nomzodi, dotsent Shermuhammad Omonovning O\u2019zbekiston milliy agentligining rasmiy saytiga bergan intervyusida shunday degandi: \u201cE\u2019tiborli jihatlardan biri shundaki, jadid namoyondalari bir qator sanalganda negadir Hamza Hakimzoda Niyoziy nomi tushib qoladi. Vaholanki, asr boshlarida O\u2019zbekiston Qahramoni Ozod Sharaffidinov o\u2019zining \u201cIstibdod qurboni yohud\u00a0 o\u2019zligidan mahrum etilgan shoir\u201d maqolasida, Hamza Hakimzoda Niyoziy Abdulla Qodiriy, Cho\u2019lpon, Behbudiy, Fitratlar qatorida turishga loyiq ekanini ta\u2019kidlagan edi. Bahor oylari kelishi bilan, ayniqsa, 8-mart arafasida bizning talabalarimiz o\u2019rtasida Hamza haqida turli bo\u2019hton ustiga qurilgan savollar bolalaydi: Paranji tashatirganmi? Hamzani qabr qabul qilmaganmi? Men ilmiy izlanishlarim natijasida shuni aytishim mumkinki, Hamza ijodi Alisher Navoiychalik o\u2019rganilmagan ekan. 1930-yilda adabiyotni mafkuralash siyosati boshlandi. Bunga Hamzadan yaxshi nomzod yo\u2019q edi, chunki Hamza vafot etib bo\u2019lgandi. Uni ijodini xohlagancha toptalish mumkin edi, xohlagancha buzib talqin qilish mumkin edi. Hamzani asarlari 1939-yildan boshlab chop etila boshlangan va bu 1990-yilgacha davom etgan. Hech bir adibning asarlari bu darajada o\u2019rganilmagan edi o\u2019sha paytda, asarlari esa bir necha marotaba qayta nashr qilinavergan.\u00a0 Misol qilib esa, 60 yilligi munosabati bilan 2 tomlik akademik nashri, 90 yilligida mukammal asarlar to\u2019plami 4 tomlik yoki\u00a0 100 yilligi munosabati bilan 5 tomlik to\u2019la asarlari nashr etilgan va Hamza asarlar 2 tomlik katalogi ham bundan mustasno emas, lekin mustaqillikdan keyin 3-tomi nashr etilmay qolib ketgan. Mana shu asarlarni o\u2019rganish jarayonida esa bularning birontasi talab darajasida nashr etilmaganini guvohi bo\u2019ldim. Shu qatori bir narsani aytishim kerakki, Hamza 1912-1914-yillar\u00a0 22-23 yoshlarida haj amaliga otlanadi. Islom dinining eng ulug\u2019 arkoni bo\u2019lgan haj amalini bajargan jadidimizni nega yillar davomida va hatto hozir ham dinsiz bo\u2019lgan, atesist bo\u2019lgan deyishimiz aqlga sig\u2019maydigan narsa.<\/p>\n<p>\u201cXalq so\u2019zi\u201d gazetasining 2014-yil 23-avgust kuni nashr etilgan sonini tahlil qilish jarayonida quyidagi jirkanch\u00a0 gaplarga insoni ko\u2019zi tushadi: \u201cXalqimiz iborasi bilan aytganda, hamma narsaning ismi jismiga mos bo\u2018lgani ma\u2019qul. Bugungi kunda butun yurtimiz kabi Toshkent shahri ham tobora ochilib, yangilanib bormoqda. Uning tumanlari, ko\u2018chalari, mahalla va guzarlariga qo\u2018yilgan yangi nomlar albatta har tomonlama yarashadi. Lekin ochiq tan olishimiz kerak, ana shu nomlarni faxr bilan sanaganimizda, afsuski, bir tumanning nomiga kelib, tilimiz andak tutilib, to\u2018xtalib, o\u2018zimizda qandaydir noqulaylanish sezishimizni ochiq aytish lozim. Bu \u2014 Hamza tumanining nomi. Ma\u2019lumki, Hamza Hakimzoda Niyoziy o\u2018z vaqtida lirik she\u2019rlar, g\u2018azallar, ma\u2019rifiy kitoblar, dramalar muallifi sifatida tanilgan. Ayni paytda u yurtimizda sho\u2018rolar hokimiyati o\u2018rnatilganidan so\u2018ng mustabid tuzum mafkurasining kurashchisi va targ\u2018ibotchisiga aylangan, vafotidan keyin esa uzoq yillar davomida \u201co\u2018zbek sovet adabiyoti va madaniyatining asoschisi\u201d kabi balandparvoz ta\u2019riflar bilan soxta ulug\u2018lab kelingani ham haqiqat.\u201d E\u2019tibor berib qarasak, oddiygina mana shu jumlalar orqali shoirning sha\u2019nini osongina toptalishiga yaqqol dalildir. Yana maqolani o\u2019qir ekansiz, Hamza o\u2019z ayoliga nisbatan salbiy qarashlari haqida quyidagi gaplarni tezda o\u2019qiysiz:\u201d O\u2018rni kelganda aytish joizki, Hamzaning xotin-qizlarga, jamiyat tayanchi bo\u2018lgan oilaga shaxsiy munosabati ham ibrat oladigan darajada emas edi. U birinchi xotini \u2014 Aksinya Uvarovadan 1915-yil 1-fevralda qiz farzand ko\u2018radi. Savdoxon deb ism qo\u2018yilgan qizaloq bir yoshga ham to\u2018lmasdan vafot etadi. Hamza rus xotinidan ajrashgach, Hanifa ismli qiz bilan ishqiy munosabatda bo\u2018ladi. 1923-yil Zaynab Ahmadjonova degan ayolga uylanadi. Bu oilasidan Abboshon ismli o\u2018g\u2018il ko\u2018radi. Abboshon Ikkinchi jahon urushida halok bo\u2018ladi.\u201d<\/p>\n<p>\u201cIshonch.uz\u201d saytining 2024-yil 29-fevraldagi suhbatini o\u2019rganilar ekan, filologiya fanlari bo\u2019yicha falsafa doktori, dotsent Azimjon Davronov aytishicha: \u201cHamza tavalludiga 135 yil to\u2019ladi, ammo bu tavallud yiliga bag\u2019ishlab biror bir konferensiya, tadbir o\u2019tkazilgani haqida eshitmadim. Mana yaqinda \u201cJadid\u201d gazetasi ish boshladi va gazeta nashrlarida Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Behbudiy, Cho\u2019lponlar qatorida negadir Hamza Hakimzoda Niyoziy tilga olinmagan. Mustaqillik yillarida adabiyot sohasida salmoqli ijod qilgan Begali Qosimov, Ozod Sharaffidinov, Naim Karimov, Salohiddin Mamajonov va boshqa katta olimlar ham Hamza ijodi haqida juda yuqori va xolis fikrlar aytishgan. Bundan 2 yillarcha oldin Hamza to\u2019g\u2019risida dissertatsiyani himoya qilish oldida televideniyeda Hamza haqida ko\u2019rsatuv tayyorlash uchun ruxsat so\u2019raganimda, Hamza to\u2019g\u2019risida ko\u2019rsatuv tayyorlashga rad javobini berishdi. Sabab qilib esa, yuqoridan ruxsat yo\u2019qligini aytishdi.<\/p>\n<p>Mana shu suhbatning yana bir korrespondenti tarix fanlari doktori, professor Qahramon Rajabov\u00a0 shunday gaplarni aytadi:\u201d Sovet davrida Hamzaning \u201cYasha Sho\u2019ro\u201d degan she\u2019ri bo\u2019lgan. Aslida esa bu she\u2019r \u201cYasha Turon\u201d edi. Yaqinda bir farg\u2019onalik shogirtimiz Hamza haqida dissertatsiya yoqlash jarayonida mana shu she\u2019rning asl variantini ya\u2019ni arabchada yozilganini topib o\u2019rganganini ta\u2019kidlagan edi. Asl arabcha yozuv bilan yozilgan matnida esa \u201cYasha Turon\u201d deb kelganini ko\u2019rishmiz mumkin.<\/p>\n<p>Xulosa qilinib aytiladigan bo\u2019lsa, bularning barchasi ochiq qora provakatsiya deb bemalol aytish mumkin. Yuqoridagi muhokama qilingan va keltirilgan bir nechta dalillarga asoslanadigan bo\u2019lsak, Hamza Hakimzoda Niyoziy haqiqiy o\u2019zbek millati uchun kerak bo\u2019lsa Cho\u2019lpon, Abdulla Qodiriy, Behbudiylardanam ko\u2019proq qayg\u2019urgan jadidimizdir. Ammo uni aqlga sig\u2019mas quruq tuxmat-u bo\u2019htonlar bilan mag\u2019zava ag\u2019darish bizdek buyuk millatga yarashmaydigan ishdir. Gapimiz so\u2019nggida esa Hamzaning quyidagi misralarini keltiramiz:<\/p>\n<p>\u201c\u2026Bu na vahshat, na jaholat er, qiz-u pir-u javon,<\/p>\n<p>Domi g\u2018aflatdin xalos o\u2018lmoqqa imkon istamas,<\/p>\n<p>Ey Nihon, bing hayf et insoniyat, islomiyat,<\/p>\n<p>Millati xor o\u2018lmag\u2018in hech nomusulmon istamas,<\/p>\n<p>Uxlama o\u2018zbek eli asri taraqqiy vaqtida.\u201d<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Foydalanilgan adabiyot va manbalar ro\u2019yhati<\/p>\n<ol>\n<li><a href=\"https:\/\/tafakkur.net\/dardiga-darmon-istamas\/hamza-hakimzoda-niyoziy.uz\">https:\/\/tafakkur.net\/dardiga-darmon-istamas\/hamza-hakimzoda-niyoziy.uz<\/a><\/li>\n<li><a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Hamza_Hakimzoda_Niyoziy\">https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Hamza_Hakimzoda_Niyoziy<\/a><\/li>\n<li><a href=\"https:\/\/jadid.uz\/jadids\/hamza-hakimzoda-niyoziy\/\">https:\/\/jadid.uz\/jadids\/hamza-hakimzoda-niyoziy\/<\/a><\/li>\n<li><a href=\"https:\/\/kun.uz\/news\/2020\/01\/16\/hayot-ummonida-baliqcha-emas-nahangdek-suzdim-shuhrat-abbosovning-hayot-chizgilari\">https:\/\/kun.uz\/news\/2020\/01\/16\/hayot-ummonida-baliqcha-emas-nahangdek-suzdim-shuhrat-abbosovning-hayot-chizgilari<\/a><\/li>\n<li><a href=\"https:\/\/t.me\/sputnikuzbek\">https:\/\/t.me\/sputnikuzbek<\/a><\/li>\n<li><a href=\"https:\/\/arboblar.uz\/uz\/people\/khamza-khakimzade-niyazi\">https:\/\/arboblar.uz\/uz\/people\/khamza-khakimzade-niyazi<\/a><\/li>\n<li><a href=\"https:\/\/youtu.be\/QC8pUmARQEo?si=25mM2GBVXT_KH-Rj\">https:\/\/youtu.be\/QC8pUmARQEo?si=25mM2GBVXT_KH-Rj<\/a><\/li>\n<li><a href=\"https:\/\/youtu.be\/Pc-evwo3aLk?si=mhBnFUsGCgy1ki6A\">https:\/\/youtu.be\/Pc-evwo3aLk?si=mhBnFUsGCgy1ki6A<\/a><\/li>\n<li><a href=\"https:\/\/youtu.be\/ZeqePzCwiSw?si=LfZI1YQ3HZuV_T4F\">https:\/\/youtu.be\/ZeqePzCwiSw?si=LfZI1YQ3HZuV_T4F<\/a><\/li>\n<\/ol>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\">O&#8217;ZJOKU 2-kurs talabasi Izzatilla Zohidjonov<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XX asr boshlarida Hamza Hakimzoda Niyoziy o\u2019zining ilg\u2019or va sof teran fikrlari orqali jadidchilik harakatchilarining ichidan ajralib turgan. Biroq hozirgi kunlarda ushbu jadidning qilgan ishlari<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8169,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[52],"tags":[],"class_list":["post-8168","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-52"],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v24.4 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Hamza Hakimzoda Niyoziy: Tarixiy haqiqat va asossiz mish-mishlar tahlili - Jurnalist24.uz<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=8168\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Hamza Hakimzoda Niyoziy: Tarixiy haqiqat va asossiz mish-mishlar tahlili - Jurnalist24.uz\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"XX asr boshlarida Hamza Hakimzoda Niyoziy o\u2019zining ilg\u2019or va sof teran fikrlari orqali jadidchilik harakatchilarining ichidan ajralib turgan. Biroq hozirgi kunlarda ushbu jadidning qilgan ishlari\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=8168\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Jurnalist24.uz\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-01-12T05:02:52+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_2026-01-12_10-02-03.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"400\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"541\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Eldorbek\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Eldorbek\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"11 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=8168\",\"url\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=8168\",\"name\":\"Hamza Hakimzoda Niyoziy: Tarixiy haqiqat va asossiz mish-mishlar tahlili - Jurnalist24.uz\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=8168#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=8168#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_2026-01-12_10-02-03.jpg\",\"datePublished\":\"2026-01-12T05:02:52+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/#\/schema\/person\/6434fdef86e3b178142c142d8e17a843\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=8168#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=8168\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=8168#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_2026-01-12_10-02-03.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_2026-01-12_10-02-03.jpg\",\"width\":400,\"height\":541},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=8168#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"\u0413\u043b\u0430\u0432\u043d\u0430\u044f \u0441\u0442\u0440\u0430\u043d\u0438\u0446\u0430\",\"item\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Hamza Hakimzoda Niyoziy: Tarixiy haqiqat va asossiz mish-mishlar tahlili\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/\",\"name\":\"Jurnalist24.uz\",\"description\":\"\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":{\"@type\":\"PropertyValueSpecification\",\"valueRequired\":true,\"valueName\":\"search_term_string\"}}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/#\/schema\/person\/6434fdef86e3b178142c142d8e17a843\",\"name\":\"Eldorbek\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/110b9892d121fb0f67a52199379d175c837475004871342afa5f1d260cc59604?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/110b9892d121fb0f67a52199379d175c837475004871342afa5f1d260cc59604?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Eldorbek\"},\"sameAs\":[\"https:\/\/jurnalist24.uz\"],\"url\":\"https:\/\/jurnalist24.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Hamza Hakimzoda Niyoziy: Tarixiy haqiqat va asossiz mish-mishlar tahlili - Jurnalist24.uz","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=8168","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"Hamza Hakimzoda Niyoziy: Tarixiy haqiqat va asossiz mish-mishlar tahlili - Jurnalist24.uz","og_description":"XX asr boshlarida Hamza Hakimzoda Niyoziy o\u2019zining ilg\u2019or va sof teran fikrlari orqali jadidchilik harakatchilarining ichidan ajralib turgan. Biroq hozirgi kunlarda ushbu jadidning qilgan ishlari","og_url":"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=8168","og_site_name":"Jurnalist24.uz","article_published_time":"2026-01-12T05:02:52+00:00","og_image":[{"width":400,"height":541,"url":"https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_2026-01-12_10-02-03.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Eldorbek","twitter_card":"summary_large_image","twitter_misc":{"Written by":"Eldorbek","Est. reading time":"11 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=8168","url":"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=8168","name":"Hamza Hakimzoda Niyoziy: Tarixiy haqiqat va asossiz mish-mishlar tahlili - Jurnalist24.uz","isPartOf":{"@id":"https:\/\/jurnalist24.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=8168#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=8168#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_2026-01-12_10-02-03.jpg","datePublished":"2026-01-12T05:02:52+00:00","author":{"@id":"https:\/\/jurnalist24.uz\/#\/schema\/person\/6434fdef86e3b178142c142d8e17a843"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=8168#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=8168"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=8168#primaryimage","url":"https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_2026-01-12_10-02-03.jpg","contentUrl":"https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_2026-01-12_10-02-03.jpg","width":400,"height":541},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/jurnalist24.uz\/?p=8168#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"\u0413\u043b\u0430\u0432\u043d\u0430\u044f \u0441\u0442\u0440\u0430\u043d\u0438\u0446\u0430","item":"https:\/\/jurnalist24.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Hamza Hakimzoda Niyoziy: Tarixiy haqiqat va asossiz mish-mishlar tahlili"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/jurnalist24.uz\/#website","url":"https:\/\/jurnalist24.uz\/","name":"Jurnalist24.uz","description":"","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/jurnalist24.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":{"@type":"PropertyValueSpecification","valueRequired":true,"valueName":"search_term_string"}}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/jurnalist24.uz\/#\/schema\/person\/6434fdef86e3b178142c142d8e17a843","name":"Eldorbek","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/jurnalist24.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/110b9892d121fb0f67a52199379d175c837475004871342afa5f1d260cc59604?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/110b9892d121fb0f67a52199379d175c837475004871342afa5f1d260cc59604?s=96&d=mm&r=g","caption":"Eldorbek"},"sameAs":["https:\/\/jurnalist24.uz"],"url":"https:\/\/jurnalist24.uz\/?author=1"}]}},"featured_image_urls":{"full":["https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_2026-01-12_10-02-03.jpg",400,541,false],"thumbnail":["https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_2026-01-12_10-02-03-150x150.jpg",150,150,true],"medium":["https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_2026-01-12_10-02-03-222x300.jpg",222,300,true],"medium_large":["https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_2026-01-12_10-02-03.jpg",400,541,false],"large":["https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_2026-01-12_10-02-03.jpg",400,541,false],"1536x1536":["https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_2026-01-12_10-02-03.jpg",400,541,false],"2048x2048":["https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_2026-01-12_10-02-03.jpg",400,541,false],"magnitude-slider-full":["https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_2026-01-12_10-02-03.jpg",400,541,false],"magnitude-featured":["https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_2026-01-12_10-02-03.jpg",400,541,false],"magnitude-medium":["https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_2026-01-12_10-02-03-400x380.jpg",400,380,true],"magnitude-medium-square":["https:\/\/jurnalist24.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_2026-01-12_10-02-03-350x300.jpg",350,300,true]},"author_info":{"info":["Eldorbek"]},"category_info":"<a href=\"https:\/\/jurnalist24.uz\/?cat=52\" rel=\"category\">\u041c\u0430\u049b\u043e\u043b\u0430\u043b\u0430\u0440<\/a>","tag_info":"\u041c\u0430\u049b\u043e\u043b\u0430\u043b\u0430\u0440","comment_count":"0","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/jurnalist24.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/8168","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/jurnalist24.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/jurnalist24.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jurnalist24.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jurnalist24.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=8168"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/jurnalist24.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/8168\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8170,"href":"https:\/\/jurnalist24.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/8168\/revisions\/8170"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jurnalist24.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/8169"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/jurnalist24.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=8168"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/jurnalist24.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=8168"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/jurnalist24.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=8168"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}