Toshkent viloyatining 3 hududida ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullangan 27 kishi ushlandi

Toshkent viloyatida 22 sentyabr kuni yashirin ravishda ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanib kelgan 27 nafar fuqaro ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyat IIBB prokuratura va Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda Nurafshon shahri, Ohangaron va Chinoz tumanlarida tezkor tadbir o‘tkazgan.
Ta’kidlanishicha, hozirda ushbu shaxslarning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, 17 sentabr kuni, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan Toshkent shahrining Olmazor, Uchtepa, Yashnobod va Yunusobod tumanlarida istiqomat qiluvchi 12 nafar “Hizb-ut Tahrir” diniy ekstremistik tashkiloti aʼzolarining jinoiy faoliyatiga chek qo’yishga qaratilgan tezkor tadbirlar oʼtkazilib, gumonlanuvchilar ushlandi va qamoqqa olingani haqida xabar berilgandi.
Рақобат қўмитаси ҳузуридаги Рақобат сиёсати ва истеъмолчилар ҳуқуқлари тадқиқотлари маркази ТОП–20 “Ақл марказлари” қаторидан жой олди
Бугун “метан заправкалар” ижтимоий соҳа ва жамоат транспорти учун фаолият юритади
“2-Халқаро Наманган авто фестивали” олдидан матбуот анжумани бўлиб ўтди
Дастлабки эшитув институти
Дастлабки эшитув институти
Истеъмолчилар ҳуқуқларини ёритишда фаоллиги учун Jurnalist24.uz жамоаси тақдирланди
Қозоғистон уруш сабаб келган россияликларни оммавий депортация қилмоқчи — ҳуқуқ ҳимоячилари