Byuroning Namangan shahar bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan tushuntirishlardan so‘ng fuqaro 3 nafar farzandi uchun hisoblangan voyaga yetgunga qadar bo‘lgan aliment qarzdorligini bir yo‘la to‘lab berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, fukarolik ishlari buyicha Namangan tumanlararo sudining 2017 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Qosimov Farhoddan undiruvchi Mamadalieva Madina foydasiga 3 nafar voyaga yetmagan farzandi uchun aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning Namangan shahar bo‘limi ish yurituviga olingan. Qarzdor ota farzandlari ta’minoti uchun har oyda aliment pullarini to‘lab kelayotgan edi. O‘z o‘rnida u bilan olib borilgan tushuntirishlar va ikki tarafning o‘zaro taklifiga asosan farzandlari voyaga yetgunga qadar aliment qarzdorlikni bartaraf qilish yuzasidan murojaat etdi. 16, 14 va 10 yoshli farzandlari voyaga yetgunga qadar qarzdorlik hisoblanganda 42.880.000 so‘mni tashkil etdi. Qarzdor ota Markaziy bankning valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymati asosida 4000 AQSh dollarini sobiq turmush o‘rtog‘iga berdi. Amalda ijro hujjati ish yurituvdan tamomlandi.
MIB Namangan viloyat boshqarmasi