BUGUN NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA FAKULTETIDA “UCH AVLOD” UCHRASHUVI BOʻLIB OʻTDI.
“Ustozlar yoʻlimizni yorituvchi chiroqlardir” shiori ostida oʻtgan uchrashuv fakultetda uzoq yillar samarali mehnat qilib, ayni damda keksalik gashtini surayotgan faxriylar, professor-oʻqituvchilar hamda magistrantlar uchun katta tantanaga aylanib ketdi. Tadbirda fakultet dekani Muhayyo Boltayeva bunday uchrashuv avvalo diydor, qolaversa tajriba almashishdir. Biz har doim kattalardan ular bosib oʻtgan yoʻlni oʻrganamiz. Yoshlardan esa shijoatni, -dedi oʻz soʻzida.
Mustaqilligimizning 30 yilligi bayrami oldidan oʻtkazilgan ushbu tadbirda faxriylarimiz oliy dargohda soʻnggi yillarda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari hamda yoshlarning puxta taʼlim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Va yurtimizdagi tinchlik va xotirjamlik, bunyodkorlik ishlari keyingi besh yil davomida tubdan oʻzgarganini, buni universitet misolida koʻrishayotganini alohida eʼtirof etishdi. Tadbir yakunida fakultet jamoasi tomonidan qatnashchilarga esdalik sovgʻalari topshirildi.Qodirjon SHODMANOV,NamDU Taʼlim menejmenti kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent



Ҳалок бўлганларнинг оилалари ташлаб қўйилмайди
Президентдан «дух» олган «Зулфиячи» қиз суди ёпиқ тарзда ўтказилади
“UZAUTO MOTORS” АЖга нисбатан иш қўзғатилди
Ўзбекистонда ўғил болалар кўп туғиляптими ёки қизлар?
Давлат ҳисобидан юридик ёрдам кўрсатиш
МАЪМУРИЙ СУДЛАРГА МУРОЖААТ ҚИЛИШДА ТЎЛАНАДИГАН ДАВЛАТ БОЖИ БЎЙИЧА ЖИСМОНИЙ ШАХСЛАРГА ИМТИЁЗЛАР БЕРИЛДИ
NAMANGAN TUMANLARARO MA’MURIY SUDI TOMONIDAN 2025-YILDA KO‘RIB CHIQILGAN OMMAVIY-HUQUQIY MUNOSABATLARDAN KELIB CHIQADIGAN ISHLAR YUZASIDAN AXBOROT
Chodak tog‘li hududlarida xavfsizlik va qonuniylik — ustuvor yo‘nalish
Чодак худудидаги ноқонуний кўнгилочар объектлар бартараф этилмоқда
НАТАШАЛАР ТУЗОҒИ