7 avgust kuni shahrimizdagi «Oydin plaza» mehmonxonasining majlislar zalida boʻlib oʻtgan matbuot anjumani “Tadbirkorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning rivojlanishi hamda muammolarni hal etishga qaratilgan masalalar” mavzusiga bagʻishlandi.
Namangan viloyati tashqi savdo va investitsiyalar boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan ushbu anjumanda viloyatimizdagi yirik tadbirkorlik subʼektlari rahbarlari, viloyat tashqi savdo va investitsiyalar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Nodirbek Abdullayev, shahar hokimining oʻrinbosari Mubashsher Adhamov hamda OAV vakillari, jurnalist, blogerlar ishtirok etdilar.
Viloyatimizda raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, investitsiya loyihalarining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini taʼminlash hamda shu asosda yuqori daromadli ish oʻrinlari yaratib kelinayotgani anjumanda alohida taʼkidlandi. keyingi besh yil davomida viloyatimizda tadbirkorlar uchun yaratilgan sogʻlom muhit, ularning murojaatlari bilan ishlash, zarur shart-sharoitlar boʻyicha alohida toʻxtalib oʻtildi.
Shuningdek, matbuot anjumanida jurnalist va blogerlar tomonidan viloyatimizda investitsiyalarni jalb etish borasida savollar mutasaddilarga yoʻllandi. Ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha atroflicha tushuntirish berildi.




Ҳалок бўлганларнинг оилалари ташлаб қўйилмайди
Президентдан «дух» олган «Зулфиячи» қиз суди ёпиқ тарзда ўтказилади
“UZAUTO MOTORS” АЖга нисбатан иш қўзғатилди
Ўзбекистонда ўғил болалар кўп туғиляптими ёки қизлар?
Давлат ҳисобидан юридик ёрдам кўрсатиш
МАЪМУРИЙ СУДЛАРГА МУРОЖААТ ҚИЛИШДА ТЎЛАНАДИГАН ДАВЛАТ БОЖИ БЎЙИЧА ЖИСМОНИЙ ШАХСЛАРГА ИМТИЁЗЛАР БЕРИЛДИ
NAMANGAN TUMANLARARO MA’MURIY SUDI TOMONIDAN 2025-YILDA KO‘RIB CHIQILGAN OMMAVIY-HUQUQIY MUNOSABATLARDAN KELIB CHIQADIGAN ISHLAR YUZASIDAN AXBOROT
Chodak tog‘li hududlarida xavfsizlik va qonuniylik — ustuvor yo‘nalish
Чодак худудидаги ноқонуний кўнгилочар объектлар бартараф этилмоқда
НАТАШАЛАР ТУЗОҒИ