Musulmonlar idorasi o‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun Umra narxi oshirilishini tasdiqladi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Umra safari narxlari yana oshishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Idoraning xabar berishicha, 18-mart kuni Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda Ramazon oyida Umra ziyoratini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha hamkor shirkat mas’ullari bilan o‘zaro muloqot olib borilmoqda.
Xususan, Ramazon va Shavvol oylari uchun yangi shartnoma loyihalari ishlab chiqilgan. Bunda ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yuqori saviyada tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Hamkor shirkat tomonidan Saudiyada karantin talablari yumshatilgani sabab dunyo mamlakatlaridan Umra ziyoratiga keluvchilar soni keskin oshib ketgani, bu esa mehmonxona ijarasi narxining sezilarli ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi, transport, oziq-ovqat, viza to‘lovlarini hisobga olgan holda har bir ziyoratchi uchun belgilangan to‘lov summasiga qo‘shimcha to‘lov qilinishi ma’lum qilingani aytildi. Yig‘ilishda bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar inobatga olinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Chodak tog‘li hududlarida xavfsizlik va qonuniylik — ustuvor yo‘nalish
Чодак худудидаги ноқонуний кўнгилочар объектлар бартараф этилмоқда
НАТАШАЛАР ТУЗОҒИ
Мўйноқ ҳудудидаги яна бир янги излов қудуғида катта босимда табиий газ оқими аниқланди
BYD UZBEKISTAN мурожати асосида “GASGO OIL” МЧЖ ҚКга НИСБАТАН МОЛИЯВИЙ ЖАРИМА ҚЎЛЛАНИЛДИ
«Грин-карта» ҳозирча йўқ
NAMANGAN TUMANLARARO MA’MURIY SUDI TOMONIDAN 2025-YILDA KO‘RIB CHIQILGAN OMMAVIY-HUQUQIY MUNOSABATLARDAN KELIB CHIQADIGAN ISHLAR YUZASIDAN AXBOROT