Namanganda Erasmus+ klaster loyiha g’oyasi ustida ishlash bo`yicha xalqaro seminar oʻtkazilmoqda
Namangan muhandislik-texnologiya institutida oʻquv dasturlarini ishlab chiqishga qaratilgan loyihalar davomiyligi bo`yicha Erasmus+ klaster uchrashuvi – loyiha g`oyasi ustida ishlash bo`yicha xalqaro amaliy seminar oʻtkazilmoqda.


Mazkur seminar Erasmus+ Milliy ofisi (NEO) va Erasmus+ oliy ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha ekspertlar milliy jamoasi (HEREs) Oliy Talim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Unda mahalliy Oliy Ta’limda Salohiyatni Oshirish (CBHE) loyihalari koordinatorlari va jamoa a’zolari, noakademik hamkor tashkilotlar, xususiy va davlat sektori vakillari, ilmiy tadqiqot institutlari, oliy ta’lim tizimidagi manfaatdor tomonlar ishtirok etishmoqda.
Hozirgi kungacha o`quv dasturi loyihalarini ishlab chiqishga qaratilgan 46 ta Erasmus+ CBHE loyihalari moliyalashtirildi. 2015-2020 yillardagi jami 33 ta loyihadan 30 tasi to`gridan to`g`ri o`quv dasturlarini ishlab chiqishga (birinchi kategoriya) qaratilgan; qolgan 3 ta loyiha oliy ta’lim muassasalarining boshqaruvi va faoliyatini yaxshilash va jamiyatda oliy ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan.


Bugungu kunda 2021-2027 yillarda 13 ta o`quv dasturlarini ishlab chiqish bo`yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.
Seminar davomida Erasmus+ oliy ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha ekspertlar milliy jamoasi (HEREs) eng yaxshi amaliyotlarni aniqlash, muammolarni belgilashda, keyingi barqaror loyihalar uchun tavsiyalar berishda munosib hissa qo’shamoqdalar va amaliy tavsiyalar hamda takliflar bildirmoqdalar.
NamMTI axborot xizmati
Рақобат қўмитаси ҳузуридаги Рақобат сиёсати ва истеъмолчилар ҳуқуқлари тадқиқотлари маркази ТОП–20 “Ақл марказлари” қаторидан жой олди
Қозоғистон уруш сабаб келган россияликларни оммавий депортация қилмоқчи — ҳуқуқ ҳимоячилари
Бугун “метан заправкалар” ижтимоий соҳа ва жамоат транспорти учун фаолият юритади
“2-Халқаро Наманган авто фестивали” олдидан матбуот анжумани бўлиб ўтди
Дастлабки эшитув институти
Дастлабки эшитув институти
Истеъмолчилар ҳуқуқларини ёритишда фаоллиги учун Jurnalist24.uz жамоаси тақдирланди