Toshkentdagi koʻchalardan biriga Otaturk nomi berilishi mumkin
Toshkent shahridagi koʻchalardan birini Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomi bilan nomlash masalasi muhokama qilinmoqda.
Mazkur taklif Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov va Turkiyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar oʻrtasidagi uchrashuvda koʻtarilgan.
Uchrashuv davomida Shavkat Umurzakov Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi munosabatlar izchil rivojlanayotganini ta’kidlab, bu jarayon davlat rahbarlari asos solgan strategik hamkorlik samarasi ekanini qayd etdi. Shuningdek, u turk diplomatik korpusining xizmatlarini alohida e’tirof etdi.
Olgan Bekar esa Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasi yakunlanayotganini ma’lum qilar ekan, muhokama qilingan qator masalalarga, jumladan:
Turk maktablarini kengaytirish;
Toshkentdagi koʻchalardan birini Mustafo Kamol Otaturk nomi bilan atash;
Turk bogʻini tashkil etish kabi takliflarga toʻxtalib oʻtdi.
Hamkorlikni rivojlantirish davom ettiriladi
Uchrashuv yakunida ikki tomon kelgusida ham oʻzaro muloqotni davom ettirish va hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida kelishib oldi.
Газни уй иситиш ва овқат пиширишга ишлатиб юборадиган халқни косаси оқармайди – Алишер Қодиров
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Туркия Президенти Режеп Таййип Эрдоғанга ҳамдардлик йўллади
Трампнинг инаугурация нутқи:
Эрон Россия билан яширин ядровий музокаралар олиб бормоқда – The Times
Покистон бош вазири Ўзбекистонга келади
Президент фармони билан олий мажлис сенати аъзоси деб тайинланганлар
Матбуот анжумани:
NAMANGAN TUMANLARARO MA’MURIY SUDI TOMONIDAN 2025-YILDA KO‘RIB CHIQILGAN OMMAVIY-HUQUQIY MUNOSABATLARDAN KELIB CHIQADIGAN ISHLAR YUZASIDAN AXBOROT
Chodak tog‘li hududlarida xavfsizlik va qonuniylik — ustuvor yo‘nalish
Чодак худудидаги ноқонуний кўнгилочар объектлар бартараф этилмоқда