Insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir
Yangilanayotgan Konstitusiyada inson huquq va erkinliklari hamda ularning kafolatlari kengaytirilmoqda. Unda ilk marotaba fuqarolar kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanishi, davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egaligi, ekologiya masalalariga oid huquqlarning mustahkamlanishi kabi yangi konstitusiyaviy huquqlar kiritilayotganligi ham Yangi O‘zbekistonda inson qadri tamoyilining yorqin ifodasi hisoblanadi.
Shaxsiy huquq va erkinliklar, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar borasidagi normalar qariyb 3,5 baravarga ko‘paymoqda. Inson huquqlari
va erkinliklari, oila masalalariga bag‘ishlangan kafolatlar kuchaytirilmoqda.
Qonunlardagi noaniqliklar inson foydasiga hal bo‘lishi,
bu borada, Konstitusiyamizda shaxsni sudning qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turish mumkin emasligi belgilanmoqda hamda odamlarning huquq va erkinliklarini cheklash bilan bog‘liq barcha harakatlarga, faqat sud qarori asosida yo‘l qo‘yilishi mustahkamlanmoqda.
Bu orqali, odil sudlovni amalga oshirishda
“Xabeas korpus” instituti yanada kengaytirilishi ta’minlanadi.
Ilk bor ayblanuvchi va sudlanuvchilarga o‘ziga qarshi ko‘rsatma bermaslik, ya’ni “sukut saqlash” huquqi berilmoqda.
Konstitusiyamizda o‘lim jazosi taqiqlanayotganligi va bu masalada hech qachon ortga qaytilmasligi ta’kidlandi.
Рақобат қўмитаси ҳузуридаги Рақобат сиёсати ва истеъмолчилар ҳуқуқлари тадқиқотлари маркази ТОП–20 “Ақл марказлари” қаторидан жой олди
Бугун “метан заправкалар” ижтимоий соҳа ва жамоат транспорти учун фаолият юритади
“2-Халқаро Наманган авто фестивали” олдидан матбуот анжумани бўлиб ўтди
Дастлабки эшитув институти
Дастлабки эшитув институти
Истеъмолчилар ҳуқуқларини ёритишда фаоллиги учун Jurnalist24.uz жамоаси тақдирланди
Қозоғистон уруш сабаб келган россияликларни оммавий депортация қилмоқчи — ҳуқуқ ҳимоячилари