Davlat yoshlar jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun shart-sharoitlar yaratish majburiyatini oladi
Hozir Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni loyihasi muhokamasi bo’lib o’tmoqda.
Unda aytilishicha, Konstitusiya loyihasida O‘zbekiston aholisining 18 milliondan ortig‘ini tashkil etuvchi yoshlar masalalariga ham e’tibor berilgan. Sababi yoshlarga rivojlanish uchun sharoit yaratib berish ertaga mamlakatdagi har qanday sohani takomillashiga olib keladi.
Shunday ekan, yoshlarning ta’lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bo‘lishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish – davlatning konstitusiyaviy majburiyati ekanligi belgilanmoqda.
Bundan tashqari Konstitusiyada bu uchun alohida bob qo‘shilishi rejalashtirilmoqda.
Ota-onalarning o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar nafaqat boqish va tarbiyalash, balki ularning ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli
va har tomonlama kamol topishi uchun g‘amxo‘rlik qilish bo‘yicha majburiyati ham belgilanadi.
Yoshlar o‘z orzularini ro‘yobga chiqarishi va hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari kerak. Davlat ularni himoya qilish, huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishni o‘z zimmasiga olishi bunga imkoniyat yaratadi.
Рақобат қўмитаси ҳузуридаги Рақобат сиёсати ва истеъмолчилар ҳуқуқлари тадқиқотлари маркази ТОП–20 “Ақл марказлари” қаторидан жой олди
Бугун “метан заправкалар” ижтимоий соҳа ва жамоат транспорти учун фаолият юритади
“2-Халқаро Наманган авто фестивали” олдидан матбуот анжумани бўлиб ўтди
Дастлабки эшитув институти
Дастлабки эшитув институти
Истеъмолчилар ҳуқуқларини ёритишда фаоллиги учун Jurnalist24.uz жамоаси тақдирланди
Қозоғистон уруш сабаб келган россияликларни оммавий депортация қилмоқчи — ҳуқуқ ҳимоячилари