Yangilanayotgan Konstitusiya demokratik va xalqparvar davlat qurishni maqsad qilgan. Ya’ni:

Kuchli parlament
Ixcham va mas’uliyatli hukumat
Mustaqil va adolatli sud tizimini barpo etish

Davlat hokimiyati tizimi yagona va yaxlit, shu sababdan hokimiyatning bir bo‘g‘inini modernizasiya qilish boshqa tarmoqlarda ham islohotlarni tabab etadi.

Shunday ekan, tarmoqlar o‘rtasida bir-birini tiyish va muvozanatni saqlash maqsadida parlamentning vakolatlari qayta ko‘rib chiqilishi taklif etildi.

Unga ko‘ra, Qonunchilik palatasi va Senatning vakolatlari sezilarli darajada kengaymoqda. Bundan tashqari ikki palata ishidagi takrorlanishlar bartaraf etilib, har birining mas’uliyat sohasi aniq belgilanmoqda.

Aniqroq aytiladigan bo‘lsa, Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari amaldagi 5 tadan 12 taga, Senatda esa, 12 tadan 18 taga ko‘paymoqda.

Senatni ixcham, xalqchil va hududlar manfaatini ifoda etadigan idoraga aylantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Ya’ni Senat qo‘mitalari vakolatini qayta ko‘rib chiqib, senatorlar sonini hozirgi 100 nafardan 65 nafarga tushirish,
bunda har bir hududdan 4 tadan senator saylanishi, Prezident
tomonidan tayinlanadigan senatorlar soni esa 16 tadan 9 taga kamaytirilayotganligi aytilmoqda.

Parlamentning quyi palatasi tomonidan kiritilgan qonunlar Senatda 60 kun ichida ko‘rib chiqilishi, muddat o‘tib ketsa, ushbu qonun ma’qullangan deb hisoblanishi ta’kidlandi. Bunday vaziyatda qonun birdan imzolash uchun Prezidentga yuboriladi.

от Admin