Ushbu kunlarda, O’zbekistonning 16 ta shahrida, 3-sentyabr kuni eng kutilgan sport tadbirlarining biri – mamlakatning davlat mustaqilligi 32-yilligiga bag’ishlangan Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasini o’tkazishga tayyorgarlik ketmoqda. Har bitta hududda va Qoraqalpog’iston Respublikasida, ommaviy yugurish musobaqasining barcha bosqichlarini muvofiq darajada o’tkazilishini nazorat qilish maqsadida, mas’uliyatli vazirliklar, idoralar va viloyat hokimlari ishtirokida operativ shtab tashkil etilgan.
Joriy yilning 25-avgust kuni Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari F.Qosimov, Andijon va Namangan viloyatlari hokimliklari vakillari, Yoshlar siyosati va sport ishlari vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Milliy olimpiya qoʻmitasi va Yengil atletika federatsiyasi hamda hududiy ommaviy axborot vositalari ishtirokida press-anjuman bo’lib o’tdi.
Press-anjuman davomida ommaviy yugurish musobaqasining ishlab chiqilgan marshrutlari namoyish etildi. Farg’onalik yuguruvchilar uchun doimiy start olish nuqtasi hisoblangan “Samo” sport majmuasining hududi anjumanni o’tkazish uchun tanlangani tasodif emas. Andijonda start va finish nuqtasi Oʻzbekiston shoh koʻchasida boʻlsa, Namangan shahrida ommaviy yugurish musobaqasi Amir Temur va Namangan koʻchalari chorrahasidan boshlanib, Istiqlol koʻchasida yakunlanadi, Fargʻonada esa yuguruvchilar Al-Fargʻoniy koʻchasidan Yuksalish ko’chasigacha boʻlgan yoʻnalishda start oladi.
Uchrashuv davomida shuningdek, hududlarning vakillari tomonidan tayyorlangan taqdimot roliklari namoyish etildi. Press-anjumani ishtirokchilari Farg‘ona, Andijon va Namanganda o‘tkazilgan avvalgi Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqalarining eng yaxshi lavhalarini ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar.
Shu bilan birga, ular Dri-FIT texnologiyasi bo’yicha mamlakatimizning Mustaqillik bayramini nishonlash munosabati bilan ishlab chiqilgan ishtirokchilar formalarining yangi obrazlari bilan tanishishga muvaffaq bo‘ldilar.
Farg‘ona, Andijon va Namanganda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuniga bag‘ishlangan Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasida 10 mingdan ortiq ishtirokchi kutilmoqda.
Ommaviy sport tadbirlari o‘tkazib kelinayotgan uch yil davomida Farg‘ona vodiysidan 300 mingdan ziyod havaskor yuguruvchilar Yangi Nafas harakati safiga qo‘shildi. Press-anjuman doirasida hududiy ommaviy axborot vositalarining vakillari shaharlarda aholi o‘rtasida faol turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan bunday formatdagi tadbirlar uzoq vaqtdan beri yetishmay turganligini ta’kidladilar. Viloyatlarning hududiy jihatdan yaqinligi, bir tomondan, Yangi Nafas ommaviy yugursih musobaqasi doirasida ijodiy dastur tashkil etish bo‘yicha fikr almashish, ikkinchi tomondan esa, ommaviy yugursih musobaqalarida yanada ko’proq ishtirokchilarni jalb etgan holda, hududlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni rivojlantirish imkoniyatini berdi.
Tashkilotchilar ta’kidlaganidek, Yangi Nafas ommaviy yugursih musobaqalari talabalar harakati tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanmoqda va kelgusida kollej, litsey va oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida eng faol ta’lim muassasasi nominatsiyasini joriy etish rejalashtirilgan.
«E’tiborlisi shuki, talabalarimiz uchun yangi o‘quv yili yaxshi sport bayrami bilan boshlanadi, – deb ta’kidladi Farg‘ona viloyati taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshli‘gi, — O‘z tajribamga tayangan holda shuni aytamanki, o‘quvchilarning barkamol rivojlanishi negizida yaxshi jismoniy faollik, sport bilan shug‘ullanish va jamoani shakllantirish yotadi. Shu bois mamlakatimizdagi har bir ta’lim muassasasida sport maydonchalari, stadionlar, futbol maydonlari mavjud. Yangi Nafas kabi ommaviy sport tadbirlari esa bu yo’nalishga qiziqish uyg’otishda yordam beradi».
Press-anjumani yakunida aholi o‘rtasida ommaviy sportni ommalashtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida hududlarda Yangi Nafas ommaviy yugursih musobaqalari ketma-ket 3 yil davomida mutlaqo bepul o‘tkazilayotgani ta’kidlandi. Bu aholining barcha qatlamlarini, pensionerlardan tortib uy bekalari va tadbirkorlargacha musobaqada ishtirok etishga jalb qilish imkonini beradi.
3-sentyabr kuni, ertalabki soat 6:30 da “Bir mamlakatda, bir vaqtda, bir masofada, bir maqsadda – birga yuguramiz!” shiori ostida, yurtimizning barcha hududlarida Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasiga start beriladi.