Aholini roʻyxatga olish jarayonlariga kimlar jalb etiladi?
Oʻzbekiston Respublikasida ilk bor oʻtkazilishi rejalashtirilgan Aholini roʻyxatga olish jarayonlariga jalb etiluvchilar
• respublika darajasida – respublika komissiyasi tarkibiga kiritilgan vazirlik va idoralar, Statistika agentligi markaziy apparati hamda Agentlik huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti xodimlari
• hududiy darajada – hududiy komissiyalar aʼzolari hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari
• tumanlar va shaharlar darajasida – tuman va shahar statistika boʻlimlari, tuman va shahar roʻyxatga olish boʻlimlari hamda roʻyxatga olish uchastkasi, instruktorlik va hisob uchastkalari xodimlari
Roʻyxatga olish ushastkalari, instruktorlik uchastkalari va roʻyxatga oluvchi xodimlarni ushbu jarayonga tayyorlash bosqichlari
• Aholini roʻyxatga olishning maqsad va vazifalari, roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar, roʻyxatga olish hujjatlari tarkibi va uni toʻldirish tartibi, shuningdek, roʻyxatga oluvchi xodimlarning vazifalari, axloq normalari boʻyicha mashgʻulotlar.
• Planshet qurilmalaridan foydalangan holda roʻyxatga olish varagʻi shakllarini toʻldirish, toʻplangan maʼlumotlarni markaziy maʼlumotlar bazasiga yuklash va ularning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha mashgʻulotlar
• Texnika xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar
• Respondentlar soʻrovini oʻtkazish, kelib chiqadigan barcha qiyinchiliklarni aniqlashtirish bilan muammoli masalalarni muhokama qilish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar
• Oʻqish yakunida xodimlarning bilimlarni oʻzlashtirganligi boʻyicha test sinovlarini tashkil etish
• Oʻqish jarayonlari tugagandan soʻng xodimlarga maxsus guvohnoma, maxsus kiyim, roʻyxatga olish instrumentlari (planshet, maxsus sumka va boshqa roʻyxatga olish hujjatlari) va kanselyariya buyumlari bilan taʼminlanadi.
Namangan shahar Statistika boʻlimi
«Грин-карта» ҳозирча йўқ
Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги ва Халқ банки – тутумингиз борми?
Rossiyalik olimlar Sibir daryolarini O’zbekistonga yo’naltirish imkoniyatini o’rganadilar
Маҳаллий ҳокимликларда САМАРАЛИ ТИЗИМ
Давлат ҳисобидан юридик ёрдам кўрсатиштизимидаги ислоҳотлар.
Ноқонуний қурилиш – келтирар ташвиш
Туркманистон Марказий Осиёда биринчи бўлиб пластик пулни муомалага киритди
Ғазога гуманитар ёрдам етказиб бериш келишилган даражадан пастлигича қолмоқда.
Россияда доллар курси 75 рублга тушиб кетибди.