Chodak tog‘li hududlarida xavfsizlik va qonuniylik — ustuvor yo‘nalish
Chodak hududidagi tog‘li maskanlarda noqonuniy tashkil etilgan ko‘ngilochar ob’yektlar, xususan inson hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan attraksionlar hamda baland ko‘priklar orqali tadbirkorlik faoliyati yuritayotgan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda viloyat hokimining o‘rinbosari Gʻ. Djamalov, tuman hokimi Gʻ. Murodxo‘jayev, shuningdek, viloyat va tumanning sohaga daxldor tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
Muloqot davomida xavfsizlik talablariga javob bermaydigan, qonuniy ruxsatnomalarsiz o‘rnatilgan qurilmalar oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘layotgani alohida ta’kidlandi. Shu munosabat bilan mahalliy tadbirkorlarga barcha ko‘ngilochar inshoot va qurilmalar faqat belgilangan loyihalar asosida, qonuniy tartibda hamda malakali mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazilgan holda tashkil etilishi shartligi qat’iy eslatildi.
Mazkur uchrashuv tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish, aholi xavfsizligini ta’minlash va turizm salohiyatini barqaror hamda mas’uliyatli rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning amaliy ifodasi sifatida ahamiyat kasb etdi.
MIB NAMANGAN VILOYATI BOSHQARMASI
Ягона Давлат Имтиҳони (ЯДИМ) жорий этади
Оддий хонадан бошланган буюк йўл
“GOLDEN HOUSE”истеъмолчиларга 1 млрд 128 млн қайтарди
ҲАМДАРДНОМА
АДОЛАТ – БОШ МЕЗОН
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ