NAMANGAN TUMANLARARO MA’MURIY SUDI TOMONIDAN 2025-YILDA KO‘RIB CHIQILGAN OMMAVIY-HUQUQIY MUNOSABATLARDAN KELIB CHIQADIGAN ISHLAR YUZASIDAN AXBOROT
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar eng avvalo fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga, qonuniy manfaatlarini kafolatlashga, xalqimizning turmush darajasi va farovonligini oshirishga yo‘naltirilgan.
Inson qadr-qimmatini e’zozlash, buning uchun har qanday holatda ham adolatni qaror toptirishga qodir bo‘lgan sudlov tizimini shakllantirish eng ustuvor vazifaga aylanganligi hech kimga sir emas.
Hisobot davrida ma’muriy sudlar tomonidan 1 104 ta ommaviy nizo ko‘rib chiqilib, buning natijasida 494 ta fuqaro va yuridik shaxslarning huquqlari tiklandi.
Ma’muriy va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishorganlarining qarorlari ustidan shikoyat qilishto‘g‘risidagi 540 ta ariza (shikoyat) ko‘rilgan bo‘lib, haqiqiy emas deb topilgan qarorlar 257 tani tashkiletgan.
Jumladan, mahalliy hokimliklarning 151 taqaroridan 42 tasi, soliq organlarining 47 ta qaroridan15 tasi, kadastr agentligining 25 ta qaroridan 7 tasihaqiqiy emas deb topilgan.
Shuningdek, 425 ta ariza (shikoyat) asosidamansabdor shaxslarining 200 ta xatti-harakati(harakatsizligi) qonunga xilof deb topilgan.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etishmaqsadida 361 ta xususiy ajrim chiqarilib, ma’muriyva fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarigayuborilgan.
Bugungi kunda fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish samaradorligini oshirish bo‘yicha Namangan viloyat va tumanlararo ma’muriy sudi sudyalari tomonidan bir qator ishlar olib borilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, hayotning barcha jabhasida bo‘lganidek, sud-huquq tizimida ham ulkan ishlar amalga oshirildi va bunday keng ko‘lamli tadbirlar bundan buyon ham izchil ravishda ro‘yobga chiqariladi. Zero insonning huquq va erkinliklari mustahkam himoyada bo‘lgan, uning qonuniy manfaatlari va qonun ustivorligi so‘zsiz ta’minlangan davlat jadal taraqqiy etadi, shu bilan birga, jahon hamjamiyati oldidagi o‘rni va nufuzi baland bo‘ladi.
Xalqimiz ishonchini oqlash va adolatni qaror toptirish, mamlakatimizda qonun ustuvorligini, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlash bizning eng oliy burchimizdir.
F.Madraximov
Namangan tumanlararo ma’muriy sudi raisi
Истеъмолчилар ҳуқуқларини ёритишда фаоллиги учун Jurnalist24.uz жамоаси тақдирланди
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Олий Мажлисга ва Ўзбекистон халқига қилган 2025 йил 26 декабрдаги Мурожаатномасидаги олтинчи йўналиш мазмун-моҳияти
Судьянинг хизматдан ташқари вақтдаги одоб-ахлоқи
Маъмурий процессуал муомала лаёқати
Маъмурий суд ишларини юритишда вакиллик тушунчаси ва турлари
Ozodlik yo’lchisi
Рақобат қўмитаси ҳузуридаги Рақобат сиёсати ва истеъмолчилар ҳуқуқлари тадқиқотлари маркази ТОП–20 “Ақл марказлари” қаторидан жой олди
Қозоғистон уруш сабаб келган россияликларни оммавий депортация қилмоқчи — ҳуқуқ ҳимоячилари
Бугун “метан заправкалар” ижтимоий соҳа ва жамоат транспорти учун фаолият юритади