Popular Posts

Top Stories

View all
140 Stories

Tesla Roadster: янги авлод учувчи электромобили намойиш қилинди

94 Stories

Kiberxavfsizlik – barchamizning mas’uliyatimiz!

17 Stories

Toshkentdagi koʻchalardan biriga Otaturk nomi berilishi mumkin

8 Stories

“Реал” Испания Кубоги финали атрофидаги шов-шув юзасидан расмий баёнот берди

1318 Stories

“YOSHLAR TABIATGA BEFARQ EMAS!”: NAMANGANDA 200 NAFARDAN ORTIQ YOSH EKOLOGIK TASHABBUS ATROFIDA BIRLASHDI

ТАЪЛИМДА СИФАТ ВА САМАРАДОРЛИКНИ ОШИРИШ ЛОЙИҲАСИ 

“Ўзбекистон Республикасида таълим сифати васамарадорлигини ошириш” лойиҳасини амалгаошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори(ПҚ-152-сон, 28. 04. 2025 йил.)га кўра, қуйидагилар лойиҳанинг асосий мақсадлари этиб белгиланди: * 2025 – 2029 йиллар давомида замонавий стандартлар асосида камида 58 та мактаб қуриш…

“YOSHLAR TABIATGA BEFARQ EMAS!”: NAMANGANDA 200 NAFARDAN ORTIQ YOSH EKOLOGIK TASHABBUS ATROFIDA BIRLASHDI

Namangan viloyatida yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitnimuhofaza qilishga doir mas’uliyatini oshirish hamda ularni amaliy ekologiktashabbuslarga keng jalb etishga qaratilgan “Yoshlar tabiatga befarq emas!” aksiyasi kengko‘lamda o‘tkazildi. Unda 200 nafardan ortiq yoshlar, volontyorlar, ekologiya sohasimutaxassislari, ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdi. Namangan viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasining “Namangan yoshlari” rasmiy sahifasi xabarberishicha, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yoshlarni tabiatni asrash, atrof-muhitozodaligini ta’minlash va ekologik tashabbuslarga keng jalb etishga qaratilgan “Yoshlar tabiatgabefarq emas!” ekologik aksiyasi tashkil etildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasidoirasida o‘tkazilgan mazkur aksiya ham aynan shu maqsadlarga xizmat qildi. Tadbir yoshlarniekologik muammolarga befarq bo‘lmaslikka, o‘z yashash hududi va jamoat joylari tozaligigamas’uliyat bilan yondashishga, tabiatni asrash borasida amaliy harakatlarni amalga oshirishgachorladi. Namangan viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat Ekologiya va iqlimo‘zgarishi bosh boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan aksiyada yoshlar bir maqsad — onatabiatni asrash va atrof-muhitni obod qilish yo‘lida birlashdi. Tadbir davomida Namangan viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Oqiljon Xasanovso‘zga chiqib, ekologik muammolarning oldini olish, atrof-muhitni muhofaza qilish va yoshlaro‘rtasida tabiatga daxldorlik hissini kuchaytirish bugungi kunning muhim vazifalaridan ekaniniqayd etdi. Shuningdek, yoshlarni bunday ezgu tashabbuslarda faol ishtirok etishga, yashash hududlari vajamoat joylarining tozaligiga befarq bo‘lmaslikka, tabiatni asrashni kundalik hayot tarzigaaylantirishga chaqirdi. Darhaqiqat, ekologik madaniyat faqat nazariy bilim yoki targ‘ibot bilan cheklanib qolmasligikerak. U, eng avvalo, insonning kundalik xatti-harakatlarida, tabiatga munosabatida va jamoatmulkiga bo‘lgan mas’uliyatida namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda, yoshlarning bunday aksiyalardabevosita qatnashishi ularda ekologik ong va ijtimoiy faollikni shakllantirishning samaraliyo‘llaridan biridir. Aksiyada Yoshlar ishlari boshqarmasi xodimlari, ekologiya sohasi mutaxassislari, ommaviyaxborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar hamda 200 nafardan ortiq yoshlar faol ishtiroketdi. Ishtirokchilar tomonidan hududlarni maishiy chiqindilardan tozalash, yashil maydonlarnitartibga keltirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Yoshlar jamoaviy hamkorlik vahamjihatlikda olib borgan amaliy ishlari orqali atrof-muhit ozodaligini ta’minlashga o‘zhissalarini qo‘shdilar. Aksiya jarayonida yoshlarning faolligi, tashabbuskorligi va ko‘ngilli ravishda umumiy ezgumaqsad yo‘lida birlashgani alohida e’tiborga loyiq. Chunki obod va ozoda muhitni yaratish faqattegishli tashkilotlarning emas, balki har bir fuqaroning, ayniqsa, kelajak egalari bo‘lganyoshlarning ham mas’uliyatidir. Bunday tadbirlar yoshlar orasida volontyorlik harakatini rivojlantirish, jamoat ishlarigadaxldorlik hissini kuchaytirish va ularni jamiyat hayotidagi muhim jarayonlarga faol jalb etishdaham muhim o‘rin tutadi. Aksiyada jurnalist va blogerlarning ishtirok etishi ham tadbirning muhim jihatlaridan biri bo‘ldi. Ular ekologik tashabbuslarni keng jamoatchilikka yetkazish, amalga oshirilayotgan ishlarniyoritish hamda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida tabiatni asrash madaniyatini targ‘ib qilishgahissa qo‘shdilar. Zero, bugungi raqamli axborot makonida ekologik mavzularni keng yoritish, ijtimoiytarmoqlarda foydali targ‘ibot materiallarini tarqatish va yoshlarni ezgu tashabbuslargaruhlantirish ommaviy axborot vositalari hamda blogerlar oldida turgan muhim vazifalardanbiridir. Shu jihatdan, mazkur aksiya nafaqat amaliy obodonlashtirish tadbiri, balki ekologik madaniyatnikeng targ‘ib qilishga qaratilgan jamoaviy tashabbus sifatida ham ahamiyatlidir. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yurtimizda yashilhududlarni kengaytirish, ekologik muvozanatni saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilishgaxizmat qilmoqda. “Yoshlar tabiatga befarq emas!” aksiyasi esa ushbu ezgu maqsadlarni yoshlarishtirokida amaliy harakatlarga aylantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Eng muhimi, ekologik tashabbuslarning samarasi faqat bir kunlik tadbirlar bilan emas, balkiularda shakllangan mas’uliyatli munosabatning kundalik hayotda davom etishi bilan belgilanadi. Har bir yosh o‘zi yashayotgan hududni ozoda saqlasa, daraxt va o‘simliklarni asrasa, chiqindilarni belgilangan joyga tashlasa, ekologik muhitni yaxshilashga munosib hissa qo‘shganbo‘ladi. Namanganda o‘tkazilgan mazkur aksiya yoshlarning tabiatni asrash borasidagi faolligi va ezgutashabbuslarga tayyor ekanini yana bir bor namoyon etdi. Zero, tabiatni asrash — shunchaki chaqiriq emas, har birimizning kundalik burchimiz. Yashil va obod kelajak esa bugun qilayotgan amaliy harakatlarimizdan boshlanadi.

Метан “заправка”лар фаолияти вақтинча чекланиши мумкин – Энергетика вазирлиги

Ўзбекистонда об-ҳаво кескин совиши кутилаётгани сабабли, агар зарурат туғилса, автомобилларга газ тўлдириш компрессор шохобчалари фаолияти вақтинча чекланиши мумкин. Бу ҳақда…

“Тарқалмаслигига кафолат йўқ”. Шерзод Шерматов ҳакерлар баёнотига муносабат билдирди

Qalampir таъкидлашича ижтимоий тармоқларда ўзларини Butterfly Team деб таништирган ҳакерлар гуруҳи 27 млн ўзбекистонликнинг шахсий маълумотларини қўлга киритигани ҳақида хабарлар…

Оила институтини мустаҳкамлаш, хотин-қизлар ва болалар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш устувор вазифа

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2026 йил 3 мартдаги ПФ-33-сонли Фармони ва Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил  14 октябрдаги ЎРҚ-1180-сонли Қонунининг мазмун моҳияти Бугун жамиятимизда энг долзарб бўлган масалалардан бири — оила институтини…