Behbudiy ijodida teatr san’ati
“Teyotr — ibratnomadur… Hech kimni rioya qilmasdan to‘g‘ri
so‘zlaguvchi va ochiq haqiqatni bildiruvchidir… Umumiy odatlarni nafi va
zararidan paydo bo‘laturg‘on natijalarni teatrxonada aynan ko‘rsaturlarki,
har kim mundan ta’sirlanib, yomon odatlarni tark etib, yaxshilikni ziyoda
ishlamoqg‘a sabab bo‘lur… teyotr xonalari masxarabozxona bo‘lmay, balki
ibratxonadur, mushaxxis-aktyor muallimi axloqdurlar”
Behbudiy ijodini keng ko’lamda o’rganar ekanmiz, uning adabiyotdagi, jadidchilik harakatlari va shu bilan bir qatorda teatr san’atiga katta hissa qo’shgani haqida aytish lozim.
Ma’rifatparvarimiz ilk o’zbek adabiyotidagi tragedik dramani yozish orqali adabiyotda «katta portlash» qildi va ilk teatr san’atidagi peshqadamlikni qo’liga oladi. 1914-yil 27-fevralida Toshkent Yangi shahridagi «Kolizey» teatrining 2000 kishilik tomoshaxonasida kech soat yettida «musulmon jamiyati imdodiyasi foydasig‘a» Toshkent teatr havaskorlari rasman o‘z spektakllari namoyishini boshlaydilar. Spektakl o’z maishatiga o’ralib dunyoni unutgan millatdoshlarga chaqmoqdek ta’sir etdi. Unda boy rolini Abdusalom Abdurahim o’g’li o’ynagan edi. Ilk parda ochilishidan avval sahnaga Munavvar qori Abdurashidxonov chiqib, teatrning «ibratxona» ekani, unga yengil-yelpi qaramaslik, aktyorlar esa «bir tabibi hoziq misoli» ekanliklaridan qisqacha va’z so‘ylab, butun jamoani buyuk madaniy hodisa bilan tabrik etadi.«Padarkush»ning Toshkent truppasi tomonidan sahnalashtirilishi kutilgandan ko‘ra a’loroq natijalar berdi. Bu voqea Turkistondagi shu davrda mavjud bo‘lgan barcha matbuot nashrlarida yoritilgan edi.(Shuhrat Rizayev, «Jadid dramasi» 1997-yil 63-64-betlar)
«Padarkush» dramasi haqiqattan jamiyat muammosini, davr inqilobini keng yoritdi. Behbudiy o’z asari bilan xalqni uyg’otmoqchi, unga «ozodlik suvi»ni ichirmoqchi bo’layotgan edi. Davr shu darajada chigal, ayanchli ediki, insonlar tahlikada, bolalar savodsiz, xalq kambag’alashib borayotgan edi… Behbudiy ana shularni barchasini birgina fojiali asarida jamladi.
«Padarkush» nomini eshitganda «ota qotili» hayolimizga keladi. Aslida, aybdor farzandmi yoki ota?! Mana shunday ilmoqli savollarni tomoshabin, albatta, spektaklni ko’rgandan so’ng, o’ziga berishi tabiiy. Jamiyatdagi mana shunday «ichi bo’shlar» butun xalqni isnodga olib kelishiga kim kafolat bera olardi?! Davr muammosi bo’lgan savodsizlik yoki uquvsizlik, qaysidur ma’noda hozir ham yo’q emas. «Padarkush» orqali befarq ota-onalarning ayanchli farzandlarining hayoti ular uchun oyandek ko’rsatilgan. Haa albatta, har qanday namkyish etilayotgan sahna asari ko’rayotgan tomoshabin uchun ko’zgu vazifasini o’tashi kerak. Ayni mana shu maqsadni oliy darajada «Padarkush» davrlar silsilasida bajarib keldi.“Padarkush” asariga amerikalik olim Eduard Allvord tomonidan berilgan talqin esa yanada chuqurroq ma’no qatlamlarini ochib beradi. Uning fikricha, dramadagi ismlar oddiy emas, balki har biri muayyan timsol va kinoyaviy ma’no yuklangan belgilar sifatida xizmat qiladi. Masalan, bosh qahramon Toshmurod ismi “tosh” (qattiqlik) va “murod” (niyat) so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, u qahramonning toshdek sovuqqon va qat’iy xarakterini ifodalaydi. Uning do‘sti Tangriqul esa nomiga zid tarzda Xudoning irodasiga qarshi borib, inson hayotiga tajovuz qiladi. Nor esa “olov”, “do‘zax” ma’nolarini ifodalovchi ism bo‘lib, dramadagi yomonliklar manbai sifatida yoritiladi. Davlat esa nomi boylikni anglatgan bo‘lsa-da, amalda 3-4 so‘mga zor, kambag‘al bir yigitdir — bu esa o‘tkir kinoya orqali yashirin fikrni yuzaga chiqaradi. Shuningdek, Xayrullo obrazi ezgulik timsoli bo‘lib, boyga sadoqat bilan xizmat qiladi. Liza esa axloqsizlik va ma’naviy buzuqlik ramzi bo‘lib, u boshqa millat vakillari orasida uchraydigan qahramonlar qatoridan joy olgan. Asarda arman millatiga mansub mayxonachining mavjudligi ham Turkistondagi real ijtimoiy muhitni aks ettiradi – ya’ni iqtisodiy ustunlik boshqa millatlar qo‘lida bo‘lgan, o‘zbek xalqi esa mehnatkash, aksariyat vaqtini dalada ishlab o‘tkazayotgan xalq sifatida tasvirlanadi.(Allworth, Edward A., The Modern Uzbeks: From The Fourteenth Century to The
Present A Cultural History, Hoover Institution Press, Standford, 1990.) A.Qodiriy 1919-yili “Bizda teatru ishining borishi” maqolasida: “Padarkush” risolasi Turkistonning umuman, dearli har bir katta-kichik shaharlarinda mavqiʼ tomoshaga qo‘yilub, yoshlarimiz uchun bir daraja teatru maqsadi onglashilur. Mana shundan so‘ng bizda teatr masalasi bosh ko‘tarib, yarim – yorti teatr risolalari yoza boshlaymiz.(Qodiriy A. Bizda teatru ishining borishi// “Ishtirokiyun” gazetasi, 1919 yil 11 dekabr, 239-soni). «Teatr nadur?» degan maxsus maqolasida sahna san’ati xususidagi fikr-mulohazalarini bayon qilar ekan, jumladan, teatr millat taraqqiyotining yetakchi omillaridan biri bolib, ilgor mamlakatlarda odob va ibratdan dars beruvchi maktab, yaxshini yomondan ajratuvchi elaksifat torozu, oqigandan, eshitgandan kora zorroq taassurot qoldiruvchi tomosha maskani, unda faoliyat korsatuvchi ijrochi-aktyorlar masxarabozlardan tubdan farq qiluvchi axloq muallimlari bolib, rivoj topgan yurtlarda oliy tabaqaga mansub kishilar qatoridagi hurmat-e’tibori ikki barobar baland kishilar ekanini uqtiradi.
«Teatr oyinadurki, umumiy hollarni, anda mujassam va namoyon suratda kozliklar korub, kar-quloqsizlar eshitib, asarlanur (taassurot olur – T.T.). Xulosa, teatr va’z va tanbeh etguvchi hamda zararli odat, urf va taomilni, qabih va zararini ayonan korsatguvchidir. Hech kimni rioya qilmasdan togri so`ylaguvchi va ochiq haqiqatni bildirguvchidir»,– degan xulosaga keladi.(«Oyina» 1914-yil, 23-son 356-bet)
Xulosa qilib aytilsa, Mahmudxo’ja Behbudiy o’z zamonasining yetuk mutaxassisi sifatida ham adabiyot orqali, ham teatr orqali xalqning chigal bo’lgan g’oyalar zanjirini uzish va barrala uyg’onish haqidagi o’z fikrlarini yetkazish edi. Uning salmoqli ijodi haligacha o’rganilar ekan, birgina adabiyot sohasida yoki teatr sohasida katta yutuqlarga erishib qolmay, yana unga yondosh bo’lgan boshqa yo’nalishlarda ham barakali ijod qilganini yillar davomida ochilayotganini ko’rishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
- Allworth, Edward A., The Modern Uzbeks: From The Fourteenth Century to The Present A Cultural History, Hoover Institution Press, Standford, 1990.)
- Qodiriy A. Bizda teatru ishining borishi// “Ishtirokiyun” gazetasi, 1919 yil 11 dekabr, 239-soni
- .»Oyina» 1914-yil, 23-son 356-bet)
- Rizayev Sh. Jadid dramasi. – T.: “Sharq”.- B.63-64 (Rizayev Sh. Jadid drama).
- Tursunboyev. Teatr tarixi. Oquv qo‘llanma.— T.: O‘MKHTM, «Bilim», 2005.— 288bet.
O’zJOKU 2-kurs talabasi Izzatilla Zohidjonov
Ozodlik yo’lchisi
3 janrni o’zida mujassam qilgan shoh asar
Hamza Hakimzoda Niyoziy: Tarixiy haqiqat va asossiz mish-mishlar tahlili
Наманган вилоят маъмурий суди: йил сарҳисоби
Ҳимоя ордери ҳақида
MEHNAT QONUNCHILIGINING MILLIY VA XALQARO HUQUQIY ASOSLARI
Behbudiy ijodida teatr san’ati