Ozodlik yo’lchisi
Har qanday asarni o’qigan kitobxon, undan nimanidir olishi shart. Boisi, kitob o’qigan kishi kitobdan yangi taassurot olarmikanman deya qo’liga oladi. Ana shunday nodir asarlardan biri Oybekning 1938-yilda yozilgan «Qutlug’ qon» romanidir. Asar 1940-yilda o’zbek, 1943-yilda rus, 1949-yilda uyg’ur va chex, 1950-yilda slovak, 1959-yilda esa qirg’iz va ozarbayjon tillariga tarjima qilingan. Romanning nomidan kelib chiqadigan bo’lsak, qutlug’ qon ya’ni kimningdur vatan oldidagi to’kilgan qoni yoki mardlik va jasorat kabi tuyg’ulari jo’shib turgan bir kitob. Ha yuqoridagi barcha xususiyatlar-u ta’riflar quyib-qo’ygandek xos va mos. Asarning boshlanishi romannimizning bosh qahramoni Yo’lchi o’z oilasi uchun, onasi Xushro’ybibi va singlisi Unsin uchun begona yurtga, Toshkentga amakisi Mirzakarimboyni izlab kelishidan boshlanadi. Shu jihatiga e’tiborli bo’ladigan bo’lsak, insonni ilk tug’ilishi uni dunyoga mehmon bo’lib kelishiga qiyoslansa, Yo’lchi ham Toshkentga mehmon bo’lib keldi. Nega bosh qahramon ismi Yo’lchi deyilsa, uning hayoti asosan shafqatsiz ko’chalar-u, dasht-u biybonlarda o’tgani uchun Yo’lchi deb nom oldi, bu bir tomondan. Ikkinchi tomondan esa, u adolatsiz va qonxo’r yurtga tashrif buyurdi, yuqorida aytilgandek, bu go’yo insonni adolati yo’q va hech kimni ayamaydigan, korrupsiya botg’og’iga botgan dunyoga kelishi bilan teng. Asarning keyingi syujetlarida ikki qiz taqdirini ko’rasiz. Romanda ikkisi qiyoslanadi: Mirzakarimboyning qizi Nuriniso va Yormatning qizi Gulnor. Nuriniso boy oilada o’sgani uchun, otasining tarbiyadagi ba’zi kamchiliklari uchun, hayotdagi qoqilishlari natijasida, qizlar xos bo’lmagan ba’zi xislatlar, erkaklar bilan bemalol so’zlasha olish.(Yo’lchini ko’rganda, uni sevib qolib, hatto u bilan ilk uchrashgan kunidan to turmushga chiqqandan keyin ham, uyat yo’qdek, u bilan aysh qilmoqlikni xohlardi). Gulnorda esa buning aksi. Gulnor iffatli, odobli, aqlli va oqila qiz timsoli. Uni haqiqiy o’zbek ayolining ko’rinishi desak, mubolag’a bo’lmaydi. Ikki qiz ham Yo’lchini sevib qolishiga kelsak, aslida Nuri Yo’lchini sevardi, biroq Yo’lchi Nurini sevmas edi, boisi Nuri undan yoshi katta va odobsiz xislatlari va o’zini tutishi unga noqulay tuyulardi. Yo’lchi va Gulnor bir-birlarini sevardilar va ko’ngil qo’ygan edilar., ammo taqdir-azal ularni birga hayot kechirib, shirindan shakar farzandli oila bo’lishlarini istamadi. Asarda turli boylar obrazini uchratamiz. Tantiboyvocha-Mirzakarimboyning katta qizining eri, Mirzakarimboyning katta kuyovi. U bilan bog’liq noxush voqeaga guvoh bo’lasiz. Asar o’qish davomida, ilk taassurotingiz to’g’ri va aniq ekanligini darrov sezasiz. Bundan tashqari, Mirzakarimboyning ikki o’g’li Hakimboyvochcha va Salimboyvochchalar. Ularga faqat pul, mansab, boylik, savdo va meros kerak xolos. Biroq, hayotlarini sevgi, ota mehri, hayotdagi shirin orzular ularga begonadur. Asarda o’zbeklarning har zamondan beri tinch qo’yolmay kelayotgan odati, isrofi to’yning dabdasi ham aynan Mirzakarimboyning qizi Nurinisoni Najmiddinboyvochaning o’g’li Fazliddinboychchaga turmushga chiqish voqeasi bilan ko’rsatiladi. Qo’shimchasiga, davr muammosi, insonlarning och-nahor ahvoli, boylarning kambag’al bechora mardikor qatlamdan doimo har ishda g’olib kelishlari yaqqol ko’rsatiladi. Boylarning pullari oqib ketganidan, katta-katta «barlar»da aysh-ishrat qilishlari va u yerda davr muammolarini suhbat shaklida olib borishiga ham amin bo’lasiz. Asar so’nggida esa, Yo’lchi o’z yurtini tinchligi, osoyishtaligi, adolat tarozisini mahkam o’rnataman deb, o’z qonini katta bir O’zbekiston uchun tikib, halok bo’ladi. Uning xunini hech kim, hech qachon udek uzolmaydi.
O’ZJOKU 2-kurs talabasi Izzatilla Zohidjonov
3 janrni o’zida mujassam qilgan shoh asar
Hamza Hakimzoda Niyoziy: Tarixiy haqiqat va asossiz mish-mishlar tahlili
Behbudiy ijodida teatr san’ati
Наманган вилоят маъмурий суди: йил сарҳисоби
Ҳимоя ордери ҳақида
MEHNAT QONUNCHILIGINING MILLIY VA XALQARO HUQUQIY ASOSLARI
Ozodlik yo’lchisi