3 janrni o’zida mujassam qilgan shoh asar
Dunyoda mashhur bo’lgan satira janrdagi, fantastik-u realistik janrdagi turli katta-katta asarlar bor, lekin bir asarning o’zida ham satira, ham realizm, ham fantastikaga yo’g’rilgan kitob ,shaksiz, rus klassik adabiyotining yetuk yozuvchilaridan biri Mixail Bulgakovning «Usta va Margarita» dir. Ko’pchilik Dostoyevskiy asarlari murakkab yoki qiyin deb tursa, men shaksiz, ushbu tariflarni shu asarga bergan bo’lardim. Boisi, Dostoyevskiy asarlari qiyin asarlar sirasiga kirmaydi, balki o’qilishi va qabul qilinishi og’ir asarlar toifasiga kiradi desak, mubolag’a bo’lmaydi. Bulgakovning ushbu asarining qiyin yoki tushunilishi murakkab deyilishi sabab, asarni o’qishdan avval, tarixiy, diniy, ijtimoiy-siyosiy ba’zi muammolardan boxabar bo’lishi kerak bo’ladi. Boisi, shundaki asar meni nazarimda turli romanlar jamlanmasiga o’xshaydi. Romanda faqat bitta taqdirlar hikoya qilinmasdan qolmay, balki naqd 3 ta katta-katta obrazlar haqidagi voqealar, ta’riflar va ular bilan sodir bo’ladigan muammolarni ham ko’rishimiz mumkin. Asarning yana bir qiyin jihati shundaki, asarning turi post-modernizm shakliga ega. Modernizm yoki post-modernizm shaklidagi har qanday asarni o’qiyotgan kitobxon asarni o’zicha talqin qiladi, boisi modernistik ruhida yozilgan har qanday asarlarda xulosa yoki syujetlarning timsoliy obrazlarining kimga qiyoslanganini o’qiyotgan o’quvchi o’zicha tushunishi mumkin yoki aksincha, asarni shunchaki go’yo kino ko’rgandek, boshdan oyoq o’qib chiqib, uni umuman tushunmasligi mumkin. Ana shunday ta’riflar bilan «Usta va Margarita» katta shoh-shupasida turipti. Asarni haqiqiy shedevr va o’lmas oltin asar qilishiga sabab ham aynan keltirilgan yuqoridagi xususiyatlaridir. Asarni boshlar ekansiz, avvalo uning epigrafiga ko’zingiz tushadi. E’tiborlisi shundaki, epigraf qilib olingan asar iqtibosi ham «Usta va Margarita» ni deyarli o’xshash asaridir. Gapni qisqa qilib epigrafiga kelsak, Gyotening «Faust» asaridan olingan iqtibos: »Men – doimo yomonlikni tilab, doimo yaxshilikni yaratuvchi kuchning bir qismiman.» Endi esa hozir ayni mana shu epigrafga sinonim bo’la oladigan «Usta va Margarita» dagi katta va bosh obraz Volandning quyidagi so’zlarini keltiraman:»»Yomonlik boʻlmasa, sizning yaxshiligingiz nima ish qilar edi? Yer yuzida soyalar gʻoyib boʻlsa, u qanday koʻrinishga ega boʻlar edi? Axir, soyalar narsalar va odamlardan tushadi.» Ko’rib turganimizdek, epigraf to’g’ri, asarga to’liq mos va takrorlanmas deya ayta olamiz. Asarni o’qir ekansiz, go’yo men ertakka tushdimmi yoki haqiqiy hayotda yuribman, deya savolni o’zingizga berasiz. Go’yo ikki olam bir joyga ko’ndalangiga qo’yilgandek. Asarning eng emotsional va jozibali qilib turadigan jihati ham shunda. Asardan bundan tashqari, o’sha davrdagi qora tunlardagi qizil Sovet tuzumini bevosita ochib beradi. Ushbu romanda Voland obrazi hech qanday gumonsiz, Stalin prototipidir. Go’yoki, qora kuchlar to’g’ri deb bilgan ishlarini qilsa-da, bu ishlar omma uchun yod bo’lgan ishlar bo’ladi. Lekin degan joyiga shuni kiritamanki, omma ham aslida biz oqlay oladigan darajada emasligini ham shu asarda bilvosita ko’ramiz. Usta obrazi esa, bu muallifning o’zi. Negaki, tarixiy ma’lumotlarga ko’ra, Mixail Bulgakov Stalin bilan suhbatlashgan jarayonida, Stalin uni asarlarini chiqarilishiga cheklov va hatto shahardan chiqib ketishiga ruxsat bermagan ekan. Stalin Bulgakovga:»Siz shahardan bizni siyosatimizni yoqlamaganiz uchun chiqib ketyapsizmi?» ma’nosidagi ilmoqli va yashirin tahdidli savol bergan va Bulgakov bunday maqsadi yo’qligini aytgan va shaharda qolib ketgan. Yana ba’zi manbalarda, Asarning birinchi versiyasi ya’ni 1928-1930-yillardagi yozilgan qismi muallif tomonidan yoqib yuborilgan va bu haqida Bulgakov Usta obrazi orqali asarda Pontiy Pilat haqidagi asarini yoqib yuborganini aytish orqali romaniga qo’shadi, deyiladi. Afsuski, asar Bulgakovning o’limidan keyin ham tugallanmay qolgan qismlari, syujet tafsilotlari bilan to’ldirilgan. Bu ishda uning rafiqasi Yelena Sergeyevna Bulgakova bel bog’lagan edi. Roman SSSRda 1966-1967-yillarda «Moskva» jurnalida chop etiladi, ammo qattiq taqiqqa uchraydi va asarning ba’zi qismlari olib tashlanadi. To’liq versiyasi 1967-yilda Fransiyaning poytaxti Parijda va Franfrutdagi «samizdat» orqali ya’ni «yashirin nashr» bilan tarqalgan, SSSRda 1973-yildagina to’liq holda nashr etiladi. Asarning yana bir boshqa bir asarlarga o’xshamaydigan jihatlardan biri shundaki, asarning bosh qahramoni Usta bo’lsa-da, biroq u negadir ikkinchi darajali obraz sifatida kitobda hikoyalari keltirilgan va doimo orqa fonda turishini ko’rishimiz mumkin. Romanda bundan tashqari bundan 2 ming yil ortga qaytishga majbur qiladigan voqealar Iusha, Pontiy Pilat va Iuda obrazlaridir. Iuesha obrazi bevosita Iso payg’ambar bo’lib, uning aybsiz holatda sudlanishiyu va gunohsiz bo’la tursa-da o’ldirib yuborilishigacha. Hatto ba’zi rus madaniyatida 13 sonini yoqtirmaslik bor. Buning sababi, Isoning 13 havoriysidagi 13-kishi aynan Iuda bo’ladi. Iuda ismi ham hech kimga qo’yilmaydi, chunki bu ism sotqin, umuman yomonlik timsoliga aylanib ulgurgan.
Asar haqida gapiriladigan gaplar, unga beriladigan ta’riflar nihoyatda ko’pligidan buni oddiy bir kitobxonning, oddiy bir taqriziga sig’dirishiga meni kuchim ham, qudratim ham ojizlik qiladi. Shunday ekan, ushbu asarni halihamon o’qishga ulgurmagan bo’lsangiz, bugunoq boshlang, va menga katta rahmatlar aytasiz.
O’ZJOKU 2-kurs talabasi Izzatilla Zohidjonov
Ozodlik yo’lchisi
Hamza Hakimzoda Niyoziy: Tarixiy haqiqat va asossiz mish-mishlar tahlili
Behbudiy ijodida teatr san’ati
Наманган вилоят маъмурий суди: йил сарҳисоби
Ҳимоя ордери ҳақида
MEHNAT QONUNCHILIGINING MILLIY VA XALQARO HUQUQIY ASOSLARI
3 janrni o’zida mujassam qilgan shoh asar