DAVLAT BOSHQARUVIDA KORRUPSIYANING OLDINI OLISH -ADOLATLI JAMIYATNING ASOSIY SHARTI
Yangi O’zbekistonni barpo etishda aynan inson qadr-qimmatini oliy darajaga ko’tarish, jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini so’zsiz ta’minlash kabi yuksak g’oyalarga tayanilmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi 2008-yilda BMTning “Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi”ga qo’shilganligi bu borada amalga oshirilgan birinchi qadam bo’ldi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni va alohida har yillik davlat dasturlarida esa, navbatdagi vazifalar belgilab olindi. Unda barcha sohalarda korrupsiyaga barham berish, uning ildiz otishiga sharoit yaratayotgan sabablarni bartaraf etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab berildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yildagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida: “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz bo’lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o’z oldimizga qo’ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o’tishimiz kerak”, deb ta’kidlaydi Darhaqiqat, jonajon O’zbekistonimizda hozirgi paytda olib borilayotgan keng ko’lamdagi islohotlarning harakatlantiruvchi kuchi bo’lgan halollik, rostlik, to’g’rilik bilan yondashish orqali yuzaga kelayotganligini barchamiz teran anglamog’imiz lozim.
Shuningdek, joriy yilning 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha milliy kengashning kengaytirilgan yig’ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha yangi tizimni joriy etib, ushbu masalaga jamoatchilik, parlament va fuqarolik jamiyati institutlarini keng safarbar etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-71-son farmoni qabul qilindi.
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy mexanizmlarning amalga oshirilishi, davlat organlarining ochiq va shaffof faoliyat yuritishi, qulay biznes muhiti, ustuvor xalqaro reytinglardagi O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida xalqaro maydonda ijobiy ko’rsatkichlarga bosqichma-bosqich erishilmoqda.
Namangan tumanlararo ma’muriy
sudi sudyasi Ravshan Xoshimxojayev
Namangan tumanlararo ma’muriy
sudi sudya yordamchisi Muhmmadjon Yo‘ldoshaliev
Судьялар ҳамжамияти органлари фаолиятида самарадорлик ва очиқликка йўналтирилган янги ислоҳотлар
ISH VAQTI: HUQUQIY ASOSLARI VA AMALIY TAHLIL
КОНСТИТУЦИЯ – ОЛИЙ ЮРИДИК ҲУЖЖАТ
Ислоҳотлар жаҳон давлатлари стандартларига мос
Коррупцияга қарши курашиш ҳар биримизнинг бурчимиз
Ўзбекистон ижтимоий давлат эканининг Конституциядаги ифодаси
DAVLAT BOSHQARUVIDA KORRUPSIYANING OLDINI OLISH -ADOLATLI JAMIYATNING ASOSIY SHARTI